Ötgan yilning oktabr oyida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi va Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoşlar va turizm universiteti örtasida hamkorlik yölga qöyilgandi. Ötgan davr mobaynida hamkorlik doirasida bir neça bor muzokara olib borildi va natijada Samarqand şahrida mazkur oliy öquv yurti filialini oçiş böyiça kelişuvga erişilib, bu haqda Özbekiston prezidenti qarori loyihasi tayyorlandi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmatining ma'lum qilişiça, şu kunlarda Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoşlar va turizm universiteti rektori Tamara Mixaylova boşçiligidagi delegatsiya Samarqandda bölib turibdi.


Xorijlik mehmonlar taşrif davomida filial uçun ajratilgan binoni, talabalar foydalanadigan sport inşootlarini közdan keçirişdi. Şuningdek, yaqindagina kapital ta'mirdan çiqarilgan Samarqand ixtisoslaştirilgan olimpiya zahiralari maktab-internati yangi maneji oçiliş marosimida ham iştirok etişdi.

Yangi taşkil etilayotgan filial haqida universitet rektori Tamara Mixaylova şunday dedi: “Samarqand filiali universitetimizning xorijda taşkil etilgan ilk filialidir. Mazkur oliy ta'lim muassasasi samarali faoliyat yuritişini ta'minlaş uçun biz Özbekistonga malakali mutaxassislarni jalb etamiz. Şuningdek, talabalarimiz Rossiyada joylaşgan sport bazalarimizda amaliyot ötaşadi”.















