20 iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda Bandixon tumani prokurori Soatmurod Mahmanovga tegişli ekani aytilgan audio tarqalgan, unda soliq tuşumlarini bajarmagan mahalla raislari kurakda turmaydigan sözlar bilan haqorat qilingandi. Taxminlarga köra, audio 31 may kuni ötkazilgan yiğilişda yozib olingan.

Audioda prokuror Soatmurod Mahmanov Bandixon tumanidagi erkag-u ayol mahalla raislarini birday haqoratlagandi. Xususan, audio davomida uning «Erkakmisan sen ham? Xotinçaliş, itdan tarqalgan ekansan-da, bölmasa odamning işini qilarding-da. Bor, borib itga öxşab vovulla köçada», deganini, «Ölsang, bugun kömar edik», «Itdan tarqaganmisan, odamdan tarqaganmisan?» va boşqa kurakda turmaydigan sözlar bilan sökinganini eşitiş mumkin.

Şundan söng viloyat prokuraturasi bayonot berib, tarqatilgan audioyozuvlar haqqoniyligi, qaçon, qayerda va qanday holatlarda yuz bergani hamda boşqa holatlar örganilayotganini ma’lum qilgandi.

Foto: Surxondaryo viloyati prokuraturasi Telegram-kanalidan skrinşot

Sökonğiç prokurorning audiosi tarqalganiga qariyb bir oy bölayotganiga qaramay uning harakatlariga huquqiy baho berilgani, başarti xizmat tekşiruvi tayinlangan bölsa, natijalari jamoatçilikka oşkor qilingani yöq. Holbuki Boş prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Şamsutdinov öşa paytda örganiş natijalari haqida tez orada ma’lumot berişini aytgandi.

12 iyul kuni «Muştum» jurnali Telegram-kanalida Boş prokuraturaga murojaatnoma e’lon qilindi. Unda oradan 20 kundan ziyod vaqt ötgan bölsa ham Bandixon tumani prokurori Soatmurod Mahmanovga tegişli ekani aytilgan audio yuzasidan prokuratura tomonidan rasmiy munosabat bildirilmagani ta’kidlanib, Boş prokuraturadan bunga izoh berilişi söralgan.

Boş prokuratura matbuot xizmatining «Muştum» jurnali tahririyatiga ma’lum qilişiça, Surxondaryo viloyati prokuraturasi tomonidan Bandixon tuman prokurorining xatti-harakatlari yuzasidan ötkazilgan tekşiriş natijasiga köra, Soatmurod Mahmanovga nisbatan intizomiy jazo qöllangan.