"Özgidromet" xabariga köra, 2-4 aprel kunlari Özbekiston böyiça vaqti-vaqti bilan yomğir yoğadi, Navoiy, Samarqand, Qaşqadaryo viloyatlarida, toğoldi va toğli hududlarda ba’zi joylarda kuçli böladi. Respublikaning ayrim hududlarida döl yoğişi mumkin. 1-4 aprelda ba’zi joylarda şamol tezligi 15-20 metr/sekundgaça kuçayişi, şimolda va çöl hududlarda çang-tözon bilan 22-25 metr/sekundgaça kuçayişi mumkin.

Quyidagi hududlarida sel-suv toşqini kuzatilişi mumkin:

Qaşqadaryo viloyati Yakkaboğ, Dehqonobod, Çiroqçi, Kitob, Şahrisabz, Qamaşi, Ğuzor tumanlarida;

Surxondaryo viloyati Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Şerobod, Şörçi, Qumqörğon, Muzrabot tumanlarida;

Samarqand viloyati Urgut, Samarqand, Bulunğur, Nurobod, Qöşrabot, Kattaqörğon, Payariq, Jomboy, Iştixon tumanlarida;

Navoiy viloyati Xatirçi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;

Jizzax viloyati Zomin, Baxmal, Ğallaorol, Şarof Raşidov, Foriş, Yangiobod tumanlarida;

Toşkent viloyati Ohangaron, Böstonliq, Parkent, Piskent, Örta Çirçiq, Yuqori Çirçiq tumanlarida va Angren, Olmaliq şaharlarida;

Namangan viloyati Pop, Kosonsoy, Çortoq, Çust, Namangan, Yangiqörğon tumanlarida;

Farğona viloyati Söx, Şohimardon, Farğona, Beşariq tumanlarida;

Andijon viloyati Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qörğontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xöjaobod, Marhamat tumanlarida va Xonobod şahrida.

Toğoldi va toğli hududlarda istiqomat qiluvçi fuqarolar, dam oluvçilar hamda toğli hududlarda harakatlanuvçi haydovçilardan ehtiyot çoralarini köriş söralgan.