Erkin Vohidovga haykal o‘rnatiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning tavalludining 80 yilligini nishonlash to‘g‘risidagi qarori e'lon qilindi. Qaror matni O‘zA tomonidan taqdim etilgan.
O‘zbek adabiyoti va madaniyati rivojiga unutilmas hissa qo‘shgan atoqli shoir va adib, taniqli davlat va jamoat arbobi, O‘zbekiston Qahramoni Erkin Vohidov ijodiy merosining yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash borasidagi ulkan ahamiyatini inobatga olib hamda shoir tavalludining 80 yilligini keng nishonlash va xotirasini abadiylashtirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Respublika Ma'naviyat targ‘ibot markazi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati va jamoatchilik vakillarining O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligini mamlakatimiz miqyosida keng nishonlash va xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risidagi taklifi ma'qullansin.
2. O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita o‘n kun muddatda tegishli vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligini keng nishonlashga doir tegishli chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin, unda:
O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning o‘zbek tilida “Saylanma” asarlarini, ingliz va qoraqalpoq tillariga tarjima qilingan she'riy to‘plamlarini nashrga tayyorlash va chop etish;
O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov hayoti va ijodiy faoliyati haqida hujjatli film yaratish;
O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov haykalini yaratish va uni belgilangan tartibda o‘rnatish;
Toshkent shahridagi O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov yashagan uyda yodgorlik lavhasi o‘rnatish;
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida “Erkin Vohidov ijodining ma'naviy hayotimizdagi o‘rni va ahamiyati” mavzusida ilmiy konferensiya o‘tkazish;
mamlakatimizdagi oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar, umumiy o‘rta ta'lim muassasalari, harbiy qismlar, mehnat jamoalari va mahallalarda taniqli adib va olimlar, san'atkorlar ishtirokida uchrashuvlar, adabiy kechalar tashkil etish;
respublika teatrlarida O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov asarlari asosidagi spektakllarni qayta sahnalashtirish;
2016 yil dekabr oyining oxirgi o‘n kunligida O‘zbek Milliy akademik drama teatrida O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-badiiy xotira kechasini o‘tkazish tadbirlari nazarda tutilsin.
4. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov hayoti va ijodi to‘g‘risida turkum ko‘rsatuvlar hamda radioeshittirishlar tayyorlash, matbuotda maqolalar chop etish va yubiley tadbirlarini keng yoritish tavsiya etilsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi X.M.Sultonov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.
Ma'lumot. O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri, mashhur ijodkor Erkin Vohidov uzoq xastalikdan so‘ng 30 may kuni 79 yoshida vafot etgandi.
Shoirning ilk she'riy to‘plami — «Tong nafasi» 1961 yilda nashr etilgan. Keyinchalik «Qo‘shiqlarim sizga» (1962), «Yurak va aql» (1963), «Mening yulduzim» (1964), «Muhabbat» (1976), «Kelajakka maktub» (1983), ikki jildli saylanma («Muhabbatnoma» va «Sadoqatnoma», 1986), «Kuy avjida uzilmasin tor» (1991), «Yaxshidir achchiq haqiqat» (1992) singari kitoblari dunyo yuzini ko‘rgan.
Shuningdek, U Gyotening «Faust» asarini, Sergey Yeseninning she'rlarini o‘zbek tiliga tarjima qilib, alohida kitob holida nashr ettirgan, Shiller, Iqbol, Ulfat, Rasul Hamzatov, Lesya Ukrainka, Aleksandr Blok va boshqa turli xalqlar shoirlari asarlarini ham o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
Erkin Vohidov «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlangan (1997). Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1983). Shuningdek, 2016 yili shoir haqida “Erkin Vohidov zamondoshlari nigohida” to‘plami ham nashr etilgan edi.
Tavsiya etamiz
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
AESda ishlab chiqariladigan elektr energiyasining narxi qancha bo‘ladi?
O‘zbekiston | 18:04 / 25.03.2025
JCh-2026 saralashi: Eronga qarshi o‘yin oldidan
Sport | 15:16 / 25.03.2025
Kiyevga yana zarba berildi. Qurbonlar bor
Jahon | 13:57 / 23.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonning San-Marinodagi birinchi elchisi tayinlandi
O‘zbekiston | 13:10
-
HAMASga yana tahdid qilgan Isroil, Ar-Riyoddagi muzokaralar yakuni va yettinchi muddatiga kirishgan Lukashenko - kun dayjesti
Jahon | 13:05
-
Toshkent shahar FVB boshlig‘i o‘rinbosari qamoqqa olindi
O‘zbekiston | 12:36
-
BMT idorasi O‘zbekiston farmatsevtika mahsulotlari eksportida ko‘maklashadi
Iqtisodiyot | 12:27
Mavzuga oid

21:51 / 13.09.2024
Britaniyada Yelizaveta II ning yangi haykali paydo bo‘ldi. U ko‘plab bahslarga sabab bo‘lmoqda

22:04 / 27.08.2024
Hindiston milliy qahramonining 10 metrli haykali qulab tushdi

09:36 / 10.05.2024
Nurafshonda Zulfiya Zokirova xotirasiga bag‘ishlangan yodgorlik majmuasi ochildi

20:09 / 31.03.2023