Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi.
Unga köra, eksportçi korxonalarning ayrim xarajatlari Özbekiston Respublikasi Davlat budjetidan yoki qonunçilik hujjatlarida nazarda tutilgan boşqa manbalardan Eksportni rivojlantiriş agentligiga ajratiladigan subsidiyalar hisobidan kompensatsiya qilinadi.
Kiritilayotgan özgarişlarga köra, eksportçi korxonalarning quyidagi xarajatlari kompensatsiya qilinişi nazarda tutilmoqda:
- Eksport qiluvçi taşkilotlarga respublikada va xorijda standartlaştiriş va sertifikatlaştirişning xalqaro tizimlarini joriy etişga, xorijiy vakolatli organlarda milliy mahsulotlar va brendlarni (tovar belgilarini) röyxatdan ötkazişga, respublika taşkilotlarining xalqaro körgazma, yarmarkalarida hamda xalqaro tender va tanlovlarda iştirok etişiga, an'anaviy milliy mahsulotlar va brendlarni (tovar belgilarini) potensial sotiş bozorlariga kiritişda taqdimotlar va reklama kampaniyalari ötkazilişiga hamda mahsulotlar namunalarini taniştiriş maqsadida xorijiy mamlakatlarga yuborişdagi xarajatlar;
- Eksport qiluvçilarning avtomobil, havo va temir yöl transportida eksportga taşiş, garov sifatida suğurta xizmatlaridan foydalanganda suğurta mukofotini tölaş, şuningdek, savdo uylarini oçiş va saqlaş, ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga oliş, şu bilan birga, reklama kampaniyalarini taşkil qiliş bilan boğliq çet eldagi xarajatlari;
- meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvçilarning qişloq xöjaligi birlaşmalari a'zolarini yangi texnologiyalarga örgatiş, agrotexnik tadbirlar monitoringi va marketing tadqiqotlarini ötkaziş hamda vakolatli organlarning mahsulotlarini eksport qiliş uçun zarur bölgan ruxsatnoma va sertifikatlarini rasmiylaştiriş bilan boğliq xarajatlari;
- mahalliy eksport qiluvçi taşkilotlarning savdo uylarini oçiş va saqlaş, ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga oliş, şu bilan birga, reklama kampaniyalarini taşkil qiliş bilan boğliq çet eldagi xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi.
Savdo uylari uçun ofis, savdo va ombor binolarini ijaraga oliş xarajatlari böyiça Eksportni rağbatlantiriş agentligi tomonidan tölab beriladigan bir oylik qat'iy miqdorlar:

Avvalroq, «2021 yilda Özbekiston Respublikasining eksport salohiyatini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident qarori imzolangani
















