2022 yil 26 yanvar kuni jinoyat işlari böyiça Olmazor tuman sudida sudlanuvçi Fozilxöja Orifxöjayevga nisbatan sud hukmi öqildi. Unga köra, Fozilxöja Orifxöjayev Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlaş, saqlaş, tarqatiş yoki namoyiş etiş) 3-qismi «g» bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga nisbatan 7 yil-u 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.
Hukmdan norozi taraflar hukm e’lon qilingan kundan e’tiboran yigirma sutka içida, sudlanuvçi tomonidan esa unga hukmning nusxasi topşirilgan kundan e’tiboran şu muddat içida şu sud orqali Toşkent şahar sudining jinoyat işlari böyiça sudlov hay’atiga apellyatsiya tartibida şikoyat berişlari yoki prokuror tomonidan protest bildirilişi mumkin.
Ma’lumot uçun, 2021 yil 26 iyun kuni Olmazor tumanidagi «Töxtaboy» masjidida Islom sivilizatsiyasi markazi xodimi Abror Abduazimov (Abror Muxtor Ali) va bloger Fozilxöja Orifxöjayev örtasida nizo kelib çiqqandi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda bloger Fozilxöja Orifxöjayev masjidda ma’ruza qilayotgan Abror Abduazimovga qarşi fikrlar bildirgani, masjid jamoati unga qarşilik qilgani, Abror Abduazimov esa uni gapirişga qöyib berişlarini söragani aks etgan.
Şundan söng, fuqarolardan kelib tuşgan xabar asosida Olmazor tumani IIO FMB tomonidan tekşiruv ötkazilgan va töplangan hujjatlar sudga taqdim etilgan. Şunga asosan işni körib çiqqan jinoyat işlari böyiça Olmazor tuman sudi Fozilxöja Orifxöjayevni Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 183-moddasida (mayda bezorilik) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etişda aybli deb topib, 15 sutka ma’muriy qamoq jazosini tayinlagandi.
Toşkent şahar sudi bergan ma’lumotga köra, fuqaro Fozilxöja Orifxöjayev «Töxtaboy» masjidida böla turib, Abror Abduazimovni «munofiqsan» deb haqorat qilgan va baland ovozda baqir-çaqir qilib, jamoat tartibini hamda şu yerda bölgan fuqarolarning osoyiştaligini buzib, mayda bezorilik sodir qilgan.
Keyinroq poytaxt IIBB axborot xizmati tekşiruv jarayonida huquqni muhofaza qiluvçi organlarga Fozilxöjaning telefonida şubhali diniy mazmundagi materiallar mavjudligi va ularni boşqa fuqarolarga namoyiş etgani haqida xabar kelib tuşganini, materiallarning xususiyatiga aniqlik kiritiş uçun uning telefoni protsessual tartibda rasmiylaştirib olingani va dinşunoslik ekspertizasi tayinlanganini, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din işlari böyiça Qömitaning xulosasiga köra, blogerning Facebook'dagi profiliga joylaştirilgan ayrim materiallar diniy aqidaparastlikni tarğib qiluvçi materiallar sirasiga kirişi aniqlanganini












