Toşkentda “Yangi Özbekiston: taraqqiyot, innovatsiya va ma’rifat” xalqaro şeriklik taşabbuslari haftaligi davom etmoqda. Haftalikning 7 iyul kungi dasturida Özbekiston energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov ham iştirok etdi. Kun.uz muxbiri tadbir doirasida vazirga ayrim savollar bilan murojaat qildi.
Ötgan oyda “Gazprom” bilan imzolangan şartnomaga asosan, Özbekiston 1 oktyabrdan boşlab Rossiyadan kuniga 9 mln kubometr hajmda tabiiy gaz import qila boşlaydi. Muxbir energetika vaziridan bu kelişuv böyiça gaz qança narxda sotib olinayotgani haqida söradi.
“Narx izohini berdik, milliy manfaatlarimiz va bozor konyunkturasidan kelib çiqqan holda narx kelişildi. Narxni oşkor qilolmaymiz, çunki bu – ikki tomonlama şartnoma. Buni tuşuntirganmiz. Umuman, şu yönalişdagi şartnomalarni qarasangiz, biror şartnomada [narx] oçiqlanmaydi, lekin şuni aytişim mumkinki, milliy manfaatlarni inobatga olgan holda raqobatbardoş narxga kelişildi”, – dedi Mirzamahmudov.
Energetika vazirligining 19 iyundagi rasmiy axborotida, “Gazprom” bilan kelişuvni tuzişda, tabiiy gaz narxi mintaqadagi bozor narxlari asosida, şuningdek, respublikadagi amaldagi narxlar hamda ularni bozor tamoyillari asosida şakllantiriş böyiça amalga oşirilişi rejalaştirilayotgan islohotlardan kelib çiqib, kelişilgan.
Jörabek Mirzamahmudov bu bayonotda ta’kidlab ötilgan “respublikadagi narxlarni bozor tamoyillari asosida şakllantiriş” masalasiga ham munosabat bildirdi.
“Narx böyiça islohot qilmas ekanmiz, e’tibor bersangiz, generatsiya va taqsimot liniyalari, yetkazib beriş böyiça işlayapmiz, lekin iste’mol jihatdan, energiya samaradorligi jihatdan narxlarni muvofiqlaştirmas ekanmiz, birinçi örinda, investorlar kelmaydi. Investorlar nega keladi? Ularga tarif kerak. Ikkinçidan, iste’mol samaradorligini oşirişimiz kerak. Şuning uçun albatta bu böyiça işlayapmiz, taklif kirityapmiz”, – dedi u.
Bozor narxlari asosidagi tariflarga ötiş şu yil röy berişimi mumkinmi, degan mazmundagi savolga Mirzamahmudov: “Muhokama ketyapti. Bizga qança tez bölsa, şunça yaxşi, albatta”, deya javob berdi.
Energetika vazirligi rahbari sönggi vaqtlarda qayta tiklanuvçi energiya manbalarini yaratiş böyiça loyihalar Xitoy kompaniyalariga tendersiz berilayotgani, bu keyinçalik muayyan siyosiy oqibatlar yaratişi mumkinligi haqidagi savolga ham javob berdi.
















