Ona tili – millatning ruhidir. Til — davlat timsoli, mulki. Tilni asraş, rivojlantiriş – millatning yuksalişi demak. Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qöyilgan. Şu tariqa özbek tili mustaqil davlatimizning Bayroği, Gerbi, Madhiyasi qatorida turadigan, qonun yöli bilan himoya qilinadigan muqaddas davlat ramziga aylandi.
Bundan 27 yil muqaddam özbek tiliga davlat tili maqomi berilgan edi. Bu öz davrida tom ma'noda olamşumul voqea bölgan edi. Çunki, Beruniy, Ibn Sino, Al Xorazmiy, Al Farğoniy, Alişer Navoiy, Amir Temur, Mirzo Uluğbek, Bobur Mirzo singari buyuk siymolarni yetiştirgan xalq tili yöqoliş arafasiga kelib qolgan edi. Mustaqillikka ilk qadamlar taşlanayotgan davrdayoq prezidentimiz tomonidan özbek tiliga davlat maqomi beriş masalasi kun tartibiga qöyilib, bu iş amalga oşirilgan edi. Ona tilimiz – özbek tiliga 1989 yil 21 oktabrda davlat tili maqomi berildi. Bu mamlakatimiz, yurtdoşlarimiz hayotidagi unutilmas, tarixiy voqeaga aylandi. Agar öşanda til töğrisida qonun qabul qilinmaganda edi, özbek tili ham tarix saxifalaridan joy olgan bölarmidi?!.
Şuni ta'kidlaş kerakki, özbek tiliga davlat tili maqomining berilişi xalqimizning milliy mustaqillikka erişiş yölidagi muhim qadamlaridan biri bölgan edi. Istiqlol yillarida mamlakatimizda barça sohalarda bölgani kabi tilimiz taraqqiyotida ham muhim özgarişlar yuz berdi. Özbek tilining xalqaro miqyosda obrösi oşdi. “Davlat tili haqida”gi qonun ona tilimizning bor gözalligi va jozibasini töla namoyon etiş bilan birga, uni ilmiy asosda rivojlantiriş borasida ham keng imkoniyatlar yaratdi. Olimlar va mutaxassislar tomonidan ilm-fan va turli sohalarga oid ensiklopediya va luğatlar, darslik va öquv qöllanmalari çop etildi. Mumtoz adabiyotimiz namunalari, sakson mingdan ziyod söz va söz birikmasini, fan, texnika, sanoat, madaniyat va boşqa sohalarga oid atamalarni, şevalarda qöllaniladigan sözlarni öz içiga olgan beş jildlik “Özbek tilining izohli luğati” bu borada amalga oşirilgan işlarning eng muhimlaridandir.
Til – millat qiyofasining bir bölagi. Dunyodagi barça xalqlar özining milliy rasmiy tiliga ega deb aytolmaymiz. Çunki bu xalqning milliy mustaqilligi bilan boğliq. Mutaxassislarning sözlariga qaraganda, bugungi kunda har ikki xaftada bitta til yöqolib bormoqda. Bu öz navbatida öşa tilda sözlaşuvçi xalqlarning yöqolişini anglatadi. YuNeSKO vakillarining sözlariga qaraganda, qaçonlardir odamlar sözlaşadigan tillarning soni 7 mingdan 8 mingtagaça yetgan bölsa, bugungi kunda sayyoramizda 6 mingta til mavjud bölib, ularning 90 foizi yöqolib ketiş arafasida turibdi. Bu asosan sivilizatsiya tufayli madaniyatidan ayrilayotgan kam sonli millatlarning tillaridir. Bu tillarda sözlovçi aholining ayrimlari yozuvga ega bölsa, ayrimlari bundan bebahradir. Masalan, Afrika tillarida sözlaşuvçi aholining 80 foizi xamon öz yozuvlariga ega emas. Minglab tillardan ta'lim tizimida foydalanişning imkoniyati yöq. Internetdan foydalana olmaydigan tillar haqida-ku aytmasa ham böladi. Çunki yangi texnologiyalarning rivojlanişi tufayli ayrim xalqlar öz tillaridan köra zamonaviy tillardan foydalanişga majbur bölmoqda. Bugun Internet tilining 81 foizi ingliz tiliga töğri keladi. Töğri, avvallari ham tillar paydo bölgan, muammolada bölib, ma'lum vaqtdan söng yöq bölib ketgan. Lekin hozirgidek tillarning jadallik bilan yöqolişi tarixda kuzatilmagan. Yöqolib ketiş havfida bölgan tillarning saqlab qoliş yölida amalga oşirilayotgan sa'y-harakatlarning asosiy maqsadi ham madaniyatlar va tillar xilma-xilligini ta'minlaşdan iboratdir. Çunki aynan til tufayli xalq va elatlarning madaniyati, urf-odatlari saqlanib qoladi, sayyoramizda yaşayotgan xalqlarning ötmişi va madaniyati hurmat qilinadi. Tilşunoslar yöqolib ketiş arafasida turgan tillarni saqlab qolişning imkoniyatlari hozirça qöldan boy berilmaganini aytişadi. Tillarni saqlab qoliş uçun esa, BMT ekspertlarining fikriça, bu tillardan ta'lim tizimida keng foydalanişni yölga qöyiş kerak.
















