Davlat statistika qömitasi xabariga köra, 2022 yilning aprel oyida 269,2 ming nafar çet el fuqarolari turistik maqsadlarda Özbekistonga taşrif buyurgan.
Qayd etilişiça, bu körsatkiç ötgan yilning mos davri bilan soliştirilganda 181,4 ming nafarga yoki 3,1 baravarga oşgan.
Özbekistonga aprel oyida turistik maqsadda taşrif buyurgan fuqarolarning eng köp qismi Qozoğistondan kelgan – 81,2 ming nafar.
Keyingi örinlardan mos ravişda 69,9 ming nafar va 69,1 ming nafar turist kirib kelgan Tojikiston hamda Qirğiziston joy oldi.
Uşbu körsatkiç qolgan davlatlar kesimida quyidagiça körinişga ega:
Rossiya – 29,3 ming nafar;
Turkiya – 4,5 ming nafar;
Germaniya – 1,4 ming nafar;
Fransiya – 1,2 ming nafar;
Belarus – 1,2 ming nafar;
Koreya – 900 nafar;
Buyuk Britaniya – 800 nafar;
Ispaniya – 700 nafar;
AQŞ – 700 nafar;
Italiya – 500 nafar.
Bundan oldin Rossiya Özbekistonda xorijiy korxonalar soni böyiça hamon yetakçilik qilayotgani xabar berilgandi.

















