Qömita ma’lumotlariga köra, 2022 yilning 1 iyun holatiga respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy kapital iştirokidagi korxona va taşkilotlar soni 14 119 tani taşkil etdi.
Qayd etilişiça, faoliyat körsatayotgan xorijiy kapital iştirokidagi korxonalar soni ötgan yilning mos davriga nisbatan 1 465 taga oşgan.
Özbekistonda xorijiy kapital iştirokida faoliyat körsatayotgan korxonalar soni eng yuqori bölgan davlatlar orasida Rossiya yetakçilik qilmoqda – 2 565 ta korxona.
Keyingi örinlardan 2 013 ta korxonaga ega Turkiya va 2 003 ta korxonaga ega Xitoy joy oldi.
Şuningdek, xorijiy kapital iştirokida faoliyat körsatayotgan korxonalar soni böyiça Qozoğiston va Koreya ham yetakçi beştalikdan joy olgan. Mos ravişda, 1 140 ta va 900 ta korxona.
Xorijiy kapital iştirokida 2022 yilning yanvar-may oylarida yangi taşkil etilgan korxonalarning davlatlar kesimida soni:
- Rossiya – 302 ta;
- Turkiya – 151 ta;
- Xitoy – 100 ta;
- Qozoğiston – 83 ta;
- Koreya – 36 ta.

















