«Cyber university davlat universitetini taşkil etiş töğrisida» prezident qarori qabul qilindi, deb xabar berdi Raqamli texnologiyalar vazirligi.
Oliygoh kiberxavfsizlik, raqamli texnologiyalar, raqamli iqtisodiyot, sun’iy intellektga asoslangan avtomatlaştirilgan axborot-tahliliy tizimlarni yaratiş, robototexnika va boşqa turdoş sohalar böyiça kadrlar tayyorlaş maqsadida taşkil etilmoqda.
Universitetning vazifalari quyidagilardan iborat böladi:
- raqamli texnologiyalar sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş;
- öquv jarayonini ilğor xorijiy tajriba va zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida taşkil etiş hamda oçiq axborot-ta’lim muhitining rivojlanişiga kömaklaşiş;
- yoşlarning bilim olişi va kasb egallaşiga qöşimça şart- şaroitlar yaratiş, davlat organlari, korxonalari hamda boşqa taşkilotlarni kadrlar bilan ta’minlaşda saralaş va qamrovni kengaytiriş;
- öquv va ilmiy loyihalarni amalga oşirişda yetakçi respublika va xorijiy oliy ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot taşkilotlari, raqamli texnologiyalar işlab çiquvçilari va iste’molçilari, boşqa sohaviy korxonalar bilan hamkorlik qiliş;
- tegişli ta’lim yönalişlari va mutaxassisliklari böyiça öquv-metodik adabiyotlarni yaratiş, talabalar va mutaxassislarni jalb qilgan holda fundamental, ilmiy va amaliy tadqiqotlar olib boriş.

















