Özbekiston musulmonlari idorasi öz tasarrufidagi oliy va örta maxsus islom bilim yurtlariga 2018-2019 öquv yili uçun qabul e'lon qildi.

Örta maxsus islom bilim yurtlariga 2018 yilning 15 iyunidan 
5 iyuligaça abituriyentlardan hujjatlar qabul qilinadi, deb xabar bermoqda ÖMI matbuot xizmati.

Mazkur bilim yurtlariga “Örta maxsus islom ta'lim muassasalariga abituriyentlarni öqişga qabul qiliş tartibi töğrisida”gi Nizom talablariga muvofiq umumiy örta ta'limni (11-sinf bazasida) tamomlaganlik töğrisidagi şahodatnoma (attestat) yoki akademik litsey, kasb-hunar kolleji diplomiga ega bölgan Özbekiston Respublikasining fuqarolari tanlov asosida qabul qilinadi.

Qabul kvotalari quyidagiça:

“Kökaldoş” örta maxsus islom ta'lim muassasasi, Toşkent ş.;
•  30 nafar (öğil bolalar uçun).

Xoja Buxoriy örta maxsus islom ta'lim muassasasi, Kitob şahri;
•  30 nafar (öğil bolalar uçun).

Sayyid Muhyiddin maxdum örta maxsus islom ta'lim muassasasi, Andijon ş.;
•  30 nafar (öğil bolalar uçun).

“Hidoya” örta maxsus islom ta'lim muassasasi, Namangan şahri;
•  30 nafar (öğil bolalar uçun).

“Mir Arab” örta maxsus islom ta'lim muassasasi, Buxoro ş.;
•  30 nafar (öğil bolalar uçun).

Faxriddin ar-Roziy örta maxsus islom ta'lim muassasasi, Urganç ş.;
•  30 nafar (öğil bolalar uçun).

Muhammad al-Beruniy örta maxsus islom ta'lim muassasasi, 
Nukus ş.;
•  30 nafar (öğil bolalar uçun).

Xadiçai Kubro ayol-qizlar örta maxsus islom ta'lim muassasasi, Toşkent ş.;
•  20 nafar (ayol-qizlar uçun).

“Jöybori Kalon” ayol-qizlar örta maxsus islom ta'lim muassasasi, Buxoro ş.;