Prezident Şavkat Mirziyoyev davlat dasturiga bağişlangan videoselektorda boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimovning hisobotini tinglagaç, sport sohasiga ham töxtalib ötdi va sport vazirligi hamda turizm qömitasi birlaştirilişini ma'lum qildi.
«Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda turizm rivojlantiriş qömitasi birlaştiriladi. Yangi tizimga Aziz Abduhakimov rahbar böladi. Çunki tizim islohotlarga muhtoj. Mana, Toşkent şahridagi sport komplekslarini olaylik. Ularning foydali iş koefisenti 50 foizga ham yetmaydi. Xalqimiz salomatligi uçun bu sohaga alohida e'tibor zarur», deya prezidentning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Eslatib ötamiz, 2018 yildan buyon sport vaziri sifatida işlab kelgan Dilmurod Nabiyev 2021 yil yanvarida lavozimidan ozod etilgandi.
Muqaddam Xususiylaştiriş, monopoliyadan çiqariş va raqobatni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi lavozimida faoliyat yuritgan Aziz Abduhakimov 2014-2017 yillarda mehnat vaziri sifatida işlagan, 2017 yildan Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi bölgan, 2018 yilning mayida boş vazir örinbosari – Turizm, ta'lim, soğliqni saqlaş, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi rahbari lavozimiga tayinlangan, keyinroq hukumat tuzilmasidagi özgarişlardan keyin u faqat turizm sohasiga qaraydigan bölgandi.
2019 yilning yanvarida unga Samarqand şahridagi «Ipak yöli» Xalqaro turizm universiteti rektori vazifasini bajariş yuklatilgandi.
2020 yilning 30 yanvarida u Özbekiston şaxmat federatsiyasi raisi etib saylangandi.

















