Futbol böyiça 2018 yilgi Özbekiston milliy çempionati superligasi öyinlari oldidan «Navbahor» klubining yangi logotipi va yangi futbolçilari taqdimot marosimi ötkazildi.

Namangan şahridagi «Markaziy» öyingohining bezatilgan foyesida bölib ötgan tadbirda Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov, Namangan şahar hokimi Şavkatjon Abdurazzoqov, viloyat futbol assotsiatsiyasi raisi örinbosari Olimjon Isayev, klub futbolçilari, klub muxlislaridan taşkil topgan fan-klub a'zolari hamda OAV vakillari iştirok etişdi.«Kun.uz» muxbiri xabar berişiça, stadionda muxlislar uçun «Nafis teks group» korxonasi tomonidan işlab çiqarilgan klub futbolkalari, kepkasi, sport liboslarini sotuviga möljallangan köçma şoxobça taşkil etildi. Şoxobça har galgi öyin oldidan muxlislarga xizmat körsatadi. 

Marosimda qatnaşgan viloyat hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi raisi Xayrullo Bozorov  millionlar öyini ixlosmandlarini yangi mavsum kirib kelişi bilan qizğin tabriklagan. Jamoaning yangi logotipida aks etgan loçin ötkir közi, doimo baland marralarni közlovçi, nişonni aniq olib, maqsad sari olğa intiluvçi aqlli, tez uçadigan quş ekanini ta'kidlagan. U mamlakat futbolida öz örniga ega bölgan «Navbahor» yana çempionlik uçun kuraş olib boradigan davri kelganini aytib ötgan.

Qayd etiş joizki, «Navbahor» klubining infratuzilmasi tubdan şakllantirilmoqda. Asosiy jamoadan taşqari ayollar va futzal jamoalari, futbolga ixtisoslaştirilgan maktab-internati, 17-sonli bolalar-ösmirlar futbol maktabi klub ixtiyoriga ötkazildi.

Ötgan mavsumda jamoa «kuçli beşlik»ka kirişiga katta hissa qöşgan 13 nafar futbolçi klubda qolgan. Jamoaga 2 nafar xorijlik legioner va içki çempionatda töp surgan bir qator futbolçilar jalb etildi. Kuçli tarkibni şakllantiriş maqsadida «Loçinlar» safiga Serbiyadan Tomislav Pajoviç va Nedad Inyats, «Olmaliq»dan Akbar Törayev, «Paxtakor»dan Davron Hoşimov va Behruz Sadullayev, «Buxoro»dan Zohir Pirimov va Azamat Allaniyozov, «Metallurg»dan Abxon Nö'monov, «Dinamo»dan Sardor Sulaymonov taklif qilindi.