Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini işonçli himoya qiliş tizimini takomillaştirişga doir qonunni imzoladi.

Qonun mualliflari Kun.uz'ga undagi asosiy yangiliklar va bu özgarişlarning muhimligi haqidagi şarhni taqdim etdi.

Bolalarga qarşi jinsiy jinoyatlar

Rasmiy ma’lumotlarga köra, sönggi yillarda voyaga yetmaganlar hamda xotin-qizlarning jinsiy erkinligiga qarşi jinoyatlar soni ortib bormoqda.

Xususan, 16 yoşga tölmagan bola bilan jinsiy aloqa qilişda aybli deb topilganlar soni 2019 yilda 99 nafarni taşkil etgan bölsa, bu körsatkiç 2020 yilda 153 nafar, 2021 yilda 216 nafar, 2022 yilda 238 nafarni taşkil etgan.

14 yoşga tölmagan bola bilan zörlik işlatib, jinsiy aloqaga kirişiş jinoyatini sodir etganlar soni esa 2019 yilda 52 nafar, 2020 yilda 35 nafar, 2021 yilda 57 nafar, 2022 yilda esa 73 nafarni taşkil etgan.

Amaldagi qonunga köra, 16 yoşga tölmagan şaxs bilan uning roziligi asosida jinsiy aloqaga kirişgan ayblanuvçi jabrlanuvçining yoşini bilmaganini bahona qilib, yengilroq modda bilan javobgarlikka tortilişi mumkin edi.

Yangi qonunda bunday şaxslarning javobgarligining muqarrarligi ta’minlanib, ayblanuvçi jabrlanuvçining yoşini bilgan-bilmaganidan qat’i nazar jinoiy jazoga tortiladi. Ya’ni 14, 16 yoki 18 yoşga tölmagan şaxsga nisbatan jinsiy zöravonlikni sodir etgan şaxsning qilmişi, u jabrlanuvçining yoşidan xabardor bölgan-bölmaganidan qat’i nazar, jabrlanuvçining haqiqiy yoşidan kelib çiqib baholanişi va mutanosib oğir jazo belgilanişi nazarda tutilmoqda.

Yangi qonun bilan, jinsiy jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasi bir poğonaga orttirilib, ilgari unça oğir bölmagan turdagi jinoyatlar, oğir jinoyatlar turkumiga, oğir jinoyatlar esa öta oğir jinoyatlar turkumiga kiritildi.

Bolalarning jinsiy erkinliklariga qarşi sodir etilgan jinoyatlar tinçlik va insoniyat xavfsizligiga qarşi jinoyatlarga tenglaştirilib, ularni sodir etgan şaxslarga nisbatan muddatidan ilgari şartli ozod qiliş yoki jazoni yengilroği bilan almaştiriş tariqasidagi insonparvarlik aktlari qöllanilmasligi belgilab qöyildi.

Şuningdek, bolalarning hayoti, soğliği yoki axloqi uçun xavfli bölgan jinoyatlarni sodir etgan şaxslarning yagona reyestri tuzilib, uşbu reyestrga kirgan şaxslarning ta’lim, tarbiya, bolalar soğlomlaştiriş, sport va ijodiy taşkilotlarida işlaşi hamda bolalar bilan bevosita işlaşni nazarda tutuvçi faoliyat turlari bilan şuğullanişi taqiqlanmoqda.