O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2 avgust kuni kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgani haqida xabar bergan edik.

Mazkur videoselektorda prezident so‘nggi kunlarda Farg‘ona, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlarida buzish masalalari bilan bog‘liq shov-shuvli voqealarga o‘z munosabatini bildirib o‘tgan.

YouTube

Tas-IX audio

«Mening siyosatimga eng katta dushmanlik qilganlardan biri — Xorazm viloyati hokimi janob Ermanov. Ermanovga internetdagi izohlardan senga va senga o‘xshagan noinsoflaringga «tabrik» jo‘nataman.

Urganch shahar hokimi [Shuhrat Abdullayev]ni jinoiy javobgarlikka tortamiz, desam, advokat bo‘lib, bosh vazirimizga iltimos qilding. Mana, sening menga qilgan «do‘stliging». Sen va mening siyosatim to‘g‘risidagi bugun chiqqan izohlarni o‘qi.

Sen noinsof menga do‘st bo‘lsang, buzish qo‘lingdan kelmas ekan, nima qilasan u yerni buzib? Mana, izohlarni o‘qi. Bosh vazir borganidan so‘ng odamlar nima deb yozayapti? Sening surating yo‘q bu yerda. Bosh vazirniki turibdi va prezidentning siyosatiga la'nat aytishyapti.

Atrofingda o‘tirgan odamlaring bilan mana menga qilgan dushmanliklaring. Buzishdan oldin kallang bilan o‘ylab ko‘rmaysanmi, buzgandan foyda bormi yoki yo‘q? U noinsoflarga shuncha pul berdik 30-50 milliardlab, nima qilasan u pulni? Katta xolangning pulimi u moliya vazirligining puli? Yo O‘zbekistonga o‘tkazib qo‘ygan joying bormi?

Birovni ishdan olish, jinoiy javobgarlikka tortish kerak bo‘lsa darrov advokatga aylanasizlar.

Bularni o‘qib men qanday kabinetimda tinch o‘tira olaman?» — degan prezident Sh.Mirziyoyev.

«Yakkabog‘ voqealari»ga to‘xtalib o‘tgan prezident Qashqadaryo viloyat hokimi Zafar Ro‘ziyevga ham tanbeh bergan: