Yagona portalda yangi xizmatlar paydo böladi

2026-yil 1-oktabrdan my.gov.uz portalida yangi xizmatlar yölga qöyiladi. Bu haqda prezidentning tegişli qarorida keltirib ötilgan.

Hujjatga köra, yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida joriy etiladigan xizmatlar doirasida jismoniy va yuridik şaxslar özlariga tegişli köçmas mulk hamda avtomototransport vositalarini garovga yoki ipotekaga qöyiş, şuningdek, begonalaştirişga taqiq örnatiş uçun ariza berişi mumkin. Örnatilgan taqiqni bekor qiliş uçun ham portal orqali murojaat yuboriladi.

Şuningdek, fuqarolar öz nomiga rasmiylaştirilgan telefon raqamlari va bank kartalari haqidagi maʼlumotlarni köriş imkoniyatiga ega böladi.

Telefon raqamlari böyiça quyidagi xizmatlar yölga qöyiladi:

  • raqamni muayyan muddatga nofaol holatga ötkaziş va qayta faollaştiriş;   

  • foydalanilmayotgan raqamga xizmat körsatişni töxtatiş uçun ariza yuboriş;

  • raqamga ulangan pulli xizmatlar haqida maʼlumot oliş.        

Bundan taşqari, bank kartasini bloklaş yoki yopiş böyiça uni çiqargan bankka - emitentga portal orqali ariza yuboriş mumkin böladi.

Fuqaro nomiga yangi notarial harakat rasmiylaştirilganda, unga Yagona portal orqali avtomatik xabarnoma yuboriladi. Portalda bunday harakatlar hisobi ham yuritiladi.

Qurilişda yangi tartib joriy etiladi

Özbekistonda 2026-yil 1-oktabrdan quriliş işlarini boşlaş uçun yangi tartib joriy etiladi. Endi istiqbolli quriliş hududiga yagona identifikator berilmasdan turib, qurilişga ruxsatnoma rasmiylaştirilmaydi.

Prezident qaroriga muvofiq, quriliş jarayonlarini raqamlaştiriş va ular ustidan nazoratni kuçaytiriş maqsadida “Uy-joy” yagona raqamli urbanizatsiya platformasida bir qator yangi raqamli instrumentlar joriy etiladi.

Jumladan, qurilişning barça bosqiçlarini kuzatiş uçun Istiqbolli quriliş hududining yagona identifikatori, loyihaning raqamli pasporti hamda kapital quriliş obyektining raqamli pasporti şakllantiriladi. Uşbu tizim “Şaffof quriliş” axborot tizimi bilan integratsiya qilinadi.