— Bugun «uçinçi renessans» özbekistondagi amaldorlar orasida köp qöllanilayotgan atamaga aylandi. Siz bu atamani aslida qanday tuşunasiz va umuman, renessans haqida hozirdan gapirişimiz qançalik töğri?

— Biz Navoiy, Jomiy yaşagan, yoki undan oldinroq – Beruniy davri, ilm davrini renessans deymiz. Bu juda katta tuşunça. Masalan, hozir Ğarbda ulkan tadqiqotlar qilinyapti. Ayrim universitetlarda önlab Nobel mukofoti laureatlarlari çiqdi.

Renessans davrida 50ga yaqin daho çiqişi kerak. Masalan, biz Navoiyni daho deymiz, qisinib, qimtinib Abdulla Oripovni daho şoir deymiz. Xöş, bizning şe’riyatimizda 50 nafar Abdulla Oripov, ilmimizda 50 nafar Beruniy çiqyaptimi?

Bizda qaçonki, dunyoni lol qoldirgan kaşfiyotlar bölsa, şundagina renessans böladi. Şuning uçun renessans – bizga ideal. Bugungi foydalanayotganimiz esa Islom Karimovning «Buyuk kelajak» iborasiga öxşaydi. Men buni bir kitobimda ham yozganman: «Nabiralar, evaralarga ayting, «buyuk kelajak» albatta keladi, kutişsin». Biz uni körmaymiz, lekin evaralarimiz körişar balki.

Bugunini yaxşilay olmaydigan odamlar ertaning umidi bilan yaşaydi. Şuning uçun biz şu paytda, şu yurtni obod va farovon qilişimiz kerak. Qandaydir olisdagi narsani orzu qilib yaşamasligimiz kerak.

Men Amerikaning buyuk şoiralari Emili Dikinson va Edna Sent-Vinsent Milleyning şe’rlarini özbek tiliga tarjima qilganman. Dikinsonning «Qari qiz» nomli şe’ri bor. Şu şe’rdagi obrazlar silsilasiga qarasangiz, «Qari qizning eri qabr. Qari qiz erini juda uzoq kutadi va göriga gulçambar ham taqdim qiladi», deydi. Qarang, qanday kutilmagan obraz, kutilmagan öxşatiş. Millat öşa qari qiz holiga tuşib qolmasligi kerak. Renessans ertaga böladi deb, kutib yaşamasligi kerak. Bugun harakat qiliş kerak.

Renessans bir şior, ideal sifatida qayerdadir turişi kerak. Unga boriş oson emas. Yuzta tovuq boqqan bilan renessansga boriş qiyin.

— Ayrim paytda biror jurnalistning nimadir bölib, öz pozitsiyasini özgartirgani, kasbiy sobitligini yöqotişiga guvoh bölamiz. Siz ustoz jurnalist sifatida bu kasbda şa’n masalasini qanday toza saqlab qoliş mumkin deb hisoblaysiz? Vijdon emas, aynan şa’n haqida söramoqçiman.