Qirğiziston rasmiylari izoh bermagan bölsa-da, uning ölimini hamkasbi Tolekan Ismailova va advokati Valeryan Vaxitov tasdiqladi.
Sönggi paytlarda 69 yoşli Asqarovning soğliği yomonlaşgani tufayli, advokati uni şifoxonaga yotqizişni talab qilgan edi. Biroq, hukumat mahkumni Jazoni ijro etiş davlat xizmatining markaziy şifoxonasi joylaşgan 47-sonli koloniyaga ötkazişga qaror qildi.
Azimjon Asqarov Qirğizistonning maşhur huquq himoyaçilaridan biri bölib, umrining sönggi 10 yilini qamoqda ötkazdi.
U 2010 yil 15 iyun kuni Qirğiziston janubidagi millatlararo nizo vaqtida qölga olindi. Huquq himoyaçisiga «ommaviy tartibsizliklarni taşkil qiliş», «millatlararo nizoni qözğaş», «militsionerning öldirilişiga aralaşiş» ayblari qöyildi. Asqarov öz aybini tan olmadi. 2010 yil 15 sentabr kuni u umrbod qamoq jazosiga mahkum qilindi.
BMT inson huquqlari böyiça qömitasi Asqarovning qiynoqqa solinganini, unga nisbatan sud mahkamasi adolatli bölmaganini tan oldi. Huquq himoyaçilari Asqarovning jazolanişini uning faoliyati bilan boğlaşdi – huquqşunos militsiya tomonidan qiynoqlarga soliniş holatlari böyiça suriştiruv ötkazar edi.
2016 yili BMT inson huquqlari böyiça qömitasi Qirğiziston hukumatidan Asqarovga çiqarilgan hukmni bekor qilişni va zudlik bilan qamoqdan ozod etişni talab qildi, ammo bu holat yuz bermadi.

















