17-oktabr kungi ommaviy namoyişlar tartibsizliklar, öt qöyiş va dökonlarni talon-toroj qiliş bilan yakunlanganidan söng vaziyat nazoratdan çiqib ketganini tan olgan mamlakat içki işlar vaziri Loran Nunes isteʼfoga çiqişga urindi. Biroq prezident uning isteʼfosini qabul qilmadi. Aksinça, vazirga Fransiya şaharlari köçalarida xavfsizlikni kuçaytiriş va tartibsizliklar aybdorlarini javobgarlikka tortiş çoralarini işlab çiqişni topşirdi.
Fransiya boş vaziri Sebasten Lekornyu duşanba kuni mamlakatning ayrim hududlarida merlarga zarurat tuğilganda qisman komendantlik soati joriy etiş vakolatini berganini maʼlum qildi.
Keçga borib, bir neçta şaharda hokimiyat vakillari uşbu vakolatdan foydalangani maʼlum böldi. Parijda Respublika maydoni va Les Halles savdo markazi hamda yirik transport tuguniga tutaş köçalarda mahalliy vaqt bilan soat 23:00 dan 06:00 gaça barça yoşdagilar uçun komendantlik soati eʼlon qilindi.
Lion markazida soat 22:00 dan 06:00 gaça namoyişlar va ommaviy yurişlar taqiqlandi. Lill va Nitssa şaharlari markazlarida esa voyaga yetmaganlarning köçaga çiqişi taqiqlandi.
Lekornyuning sözlariga köra, hududiy hokimiyat vakillari tartibsizliklar vaqtida politsiya öz işini qanday taşkil etgani haqida savollar qöymoqda. Ular vaziyat nima sababdan nazoratdan çiqib ketganini bilmoqçi.
Boş vazirning qöşimça qilişiça, ötgan dam oliş kunlaridagi tartibsizliklar vaqtida qölga olinganlarning 80 foiziga nisbatan jinoiy ayblovlar qöyiladi. U köçalardagi tartibsizliklarda «öta söl radikallar»ni aybladi.
Uning aytişiça, hukumat zarar körgan hududlarni tiklaş uçun mablağ ajratadi va bu xarajatlar tartibsizliklarni keltirib çiqarganlar zimmasiga yuklatiladi.
«Mulkka zarar yetkazgan şaxslar moliyaviy javobgarlikka tortilişini taʼminlaydigan qonun qabul qilinadi», - dedi Lekornyu.
Bundan taşqari, boş vazir tartibsizliklar va talon-torojliklar tufayli öz vazifalarini bajara olmayotgan xodimlarni qöllab-quvvatlaş uçun jamğarma taşkil etilişini eʼlon qildi.
Yakşanba kuni prezident Emmanyuel Makron xalqqa telemurojaat bilan çiqib, milliy birlikka çaqirdi va Fransiya jamoatçiligini zöravonlik harakatlarini sodir etganlar jazolanişiga işontirişga urindi.
Biroq Fransiya ommaviy axborot vositalari uni aniq tafsilotlar yöqligi uçun tanqid qildi. Makron vandalizm harakatlarini sodir etganlar qanday javobgarlikka tortilişi, jabr körgan kompaniyalarga yetkazilgan zarar qanday qoplanişi, yangi tartibsizliklar vaqtida şaharlar xavfsizligi qanday taʼminlanişi, taʼlim muammolari yuzasidan talabalar va öqituvçilar vakillari bilan muloqot qaçon yölga qöyilişiga aniqlik kiritmadi - zero ötgan oyda namoyişlar aynan şu muammolar sabab boşlangandi.














