Innovatsion rivojlaniş vazirligi bitta yönalişda iş olib bormaydi. Innovatsiyalar turmuşning barça sohalarida, xususan davlat va jamiyat qurilişi, fan-ta'lim va soğliqni saqlaşda juda zarur, deb fikr bildirmoqda Innovatsion rivojlaniş vaziri Ibrohim Abdurahmonov.
«Innovatsiya aslida keng tuşunça. Bizning nazarimizda ğarbda mavjud innovatsiyani özlaştiriş ham innovatsiya tarzida talqin etiladi. Lekin, bu - texnologiya transferi.
Bizning oldimizga qöyilgan katta vazifalardan biri bilimni pulga aylantiriş, sanoatga asoslangan iqtisodiyotimizni ilm-fanga asoslangan xöjalikka aylantirişdan iborat», deydi u.
Vazirning aytişiça, Özbekistonda köplab salohiyatli olimlar, ilmiy xodimlar turli tadqiqot markazlarda, institut va universitetlarda faoliyat olib boradi.
«Ularda bilim yöq emas, bor. Demak, avvalo, pul berilgan, söngra bu bilimga aylandi. Lekin şu bilim holatida turibdi, agar biz bilimni mablağga aylantirolsak, ya'ni knowledge based economy desak, bu innovatsiya böladi. Şu paytgaça bizning kamçiligimiz şunda ediki, zör ilmimiz bor, lekin bularni heç qaçon mablağga aylantirmadik», deydi vazir.
Xona va tokçalarda turgan ilmiy işlar qisman va tarqoq holda sanoat tarmoqlari amaliyotida qöllanilgan, biroq bu kamlik qiladi.
«Tizimli ravişda ilm pulga aylanmagan, iqtisodiyotga ham katta foyda bermagan. Salomga alikday, foyda keltirmagandan keyin, ilm-fanni moliyalaştiriş masalasi ham sustlaşgan. Şuning uçun, topşirilgan vazifalardan biri - olimlarning işlanmalarini tijoratlaştiriş», deb qöşimça qiladi Abdurahmonov.
Suhbatning töliq şaklini tomoşa qiliş uçun quyidagi havolaga bosing.

















