Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi rasman ro‘yxatdan o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 fevraldagi PQ-2774-sonli “Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etildi hamda Adliya vazirligi tomonidan 2017 yil 14 martda davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda adliya vazirligining matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Markazning asosiy maqsad va vazifalari Islom dini rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk alloma, vatandoshimiz Abu Iso Termiziy (Imom Termiziy) va termiziy allomalarning benazir merosini ilmiy asosda chuqur o‘rganishga, muqaddas yurtimiz zamini azal-azaldan ulug‘ allomalar, aziz-avliyolar vatani bo‘lib kelganini yurtdoshlarimiz va xalqaro jamoatchilik o‘rtasida keng targ‘ib qilishga, milliy-diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va rivojlantirishga, shu asosda yosh avlodni ezgu g‘oyalar ruhida tarbiyalashga, ularning qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘usini yanada kuchaytirishga qo‘maklashishga qaratilgan.
Mavzuga oid
13:54 / 22.12.2025
Investitsiya vositachilari uchun xizmatlar va cheklovlar belgilandi
21:44 / 16.12.2025
Tadbirkorlik sohasidagi 1600 dan ortiq ma’muriy talab bekor qilinadi
08:42 / 12.12.2025
Adliya vazirligi feyk xat va havolalardan ogohlantirdi
10:48 / 25.11.2025