«Bu islohotlarimizga berilgan baho» – prezident Rossiyadan qaytgan ayol bilan suhbati haqida

Şavkat Mirziyoyev Andijonga taşrif vaqtida köp yillar Rossiyada işlagan, keyin Özbekistonga qaytib, yaxşiroq daromad qilayotgan, farzandlaridan birini öqişga kiritganini aytib bergan ayol bilan suhbati haqida gapirdi.

«Oddiy bir ayol közyoşi bilan: «Janob prezident, Rossiyada işlab yurganman, neça yillardan beri. Ikki nafar farzandim bor, ona bölib özim tarbiyalayapman», dedi. Uning közida nur bor edi. Menga aytgan birinçi gapi – «Bu yerda daromadim ança yuqori», degani böldi», – dedi davlat rahbari.

Prezident yana bir jihat özini xursand qilganini aytib, ayolning ikki farzandidan biri bu yil Andijon davlat tibbiyot institutiga öqişga kirganini taʼkidladi.

«Men undan: «Beş yil oldin farzandingiz öqişga kirişiga işonarmidingiz?» deb söradim. Butun zal «Heç qaçon bunday bölmagan», deb javob berdi. Bu islohotlarimizga berilgan xalqning bahosi emasmi?» – dedi Şavkat Mirziyoyev.

Toşkentda plastik, şişa va alyuminiy idiş qabul qiluvçi fandomat örnatildi

Plastik, şişa va alyuminiy içimlik idişlarini alohida yiğiş va qayta işlaşga topşirişni rağbatlantiruvçi pilot loyiha işga tuşirildi. Bu haqda Çiqindilarni boşqariş va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantiriş agentligi xabar berdi.

Loyiha agentlik hamda Norvegiyaning çiqindilarni avtomatik yiğiş va saralaş texnologiyalari bilan şuğullanuvçi TOMRA kompaniyasi hamkorligida amalga oşirilmoqda.

Aholi plastik, şişa va alyuminiy içimlik idişlarini maxsus fandomatga topşirib, har bir idiş uçun 150 söm olişi mumkin (idiş paçaqlanmagan, böş va maksimal uç litrli ölçamda bölişi zarur). Mablağ Click elektron hamyoniga ötkazib beriladi.

5 kilogaça baliq ovlaş bepulligiça qoladi - rasmiy izoh

Ijtimoiy tarmoqlarda «Fişermen ID» tizimi joriy etilişi ortidan havaskor baliq ovlaş pulli bölişi haqida xabarlar tarqaldi. Qonunçilikka köra, umumiy foydalanişdagi suv havzalarida taqiqlanmagan qurol va usullar yordamida 5 kggaça baliqni bepul ovlaş mumkin. Bu imkoniyat bekor etilmaydi va pulli qilinmaydi, deb