Samarqandda «svet» va suv bo‘yicha qanday ishlar rejalashtirilgani aytildi
Samarqand viloyatida so‘nggi 5 yilda elektr energiya iste'moli bir yarim barobarga oshgani bois, uning ta'minotini yaxshilash bo‘yicha alohida dastur qabul qilinadi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev ma'lum qildi.

“Hozirgi kunda viloyatdagi elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatlari talabning atigi 2 foizini qoplaydi. Kelgusi ikki yilda Nurobod, Kattaqo‘rg‘on va Toyloq tumanlarida jami quvvati 400 Megavattli quyosh elektr stansiyalari va kichik GESlar ishga tushiriladi. Natijada, 600 ming nafar aholi va 2,5 mingdan ziyod korxonalarni ta'minlash uchun yetarli bo‘lgan qo‘shimcha elektr energiyasi ishlab chiqariladi. 6 ming kilometr tarmoqlar, 500 kilovoltli nimstansiya, 2 mingta transformator va 61 mingta eski simyog‘ochlar to‘liq yangilanadi.
Shuningdek, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari davom ettiriladi. Bunda sharoiti og‘ir 32 ta qishloq va mahallani obodonlashtirish uchun kelgusi yilning o‘zida 390 milliard so‘m yo‘naltiriladi. Ijtimoiy soha va infratuzilma obektlarini qurish uchun budjetdan 275 milliard so‘m ajratiladi. Ushbu mablag‘lar mahalliy kengash qarori asosida, maqsadli ishlatiladi.
Kelgusi besh yilda markazlashgan toza ichimlik suvi bilan ta'minlash darajasi 64 foizdan 84 foizga, oqova suv tizimi 12 foizdan 35 foizga yetkaziladi. Xususan, Kattaqo‘rg‘on shahri ichimlik va oqova suv tizimlarini yaxshilash maqsadida 66 million dollarlik loyiha amalga oshirilib, ichimlik suv ta'minoti bilan to‘liq qamrab olinadi. Ilgari ichimlik suvi yetib bormagan Kattaqo‘rg‘on, Ishtixon, Pastdarg‘om, Nurobod, Narpay, Jomboy, Oqdaryo va Toyloqdagi 177 ta mahallaning 680 ming aholisi toza ichimlik suvi bilan to‘liq ta'minlanadi.
Kelgusi besh yilda 28 ming xonadonli 730 ta ko‘p qavatli uylar barpo etiladi, oldingi besh yilga nisbatan 2 barobar ko‘p. Chekka va olis hududlardagi 408 ta ko‘p qavatli uylarni ta'mirlashga budjetdan mablag‘ ajratiladi. “Renovatsiya” dasturi asosida, Samarqand shahrining Temir yo‘l hududida 100 mingdan ortiq aholi uchun ko‘p qavatli zamonaviy uylar, Shirin massivida 90 ming nafar aholiga mo‘ljallangan shaharcha barpo etiladi.
8 ming kilometrdan ziyod avtomobil yo‘li va ichki ko‘chalar, 270 ta ko‘prikni qurish-ta'mirlash uchun 4 trillion so‘m yo‘naltiriladi. Kelgusi yildan Kattaqo‘rg‘on, Ishtixon, Payariq va Qo‘shrabot tumanlaridagi 105 ta mahalladagi 400 ming aholi uchun jamoat transporti qatnovi yo‘lga qo‘yiladi”, dedi prezident.
Tavsiya etamiz
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkent va Moskva migratsiya jarayonlarini tartibga solish masalalarini muhokama qildi
O‘zbekiston | 22:16
-
Toshkentda Gentra YPXdan qochib, 10 dan ortiq mashinalarni urib ketdi
Jamiyat | 22:10
-
Moskvadagi kaltaklash, tanqidga uchragan sertifikatsiya va Andijondagi “radar ovchisi” - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 21:35
-
Rublning mustahkamlanishi Kremlning zarariga ishlashi mumkin. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 21:06
Mavzuga oid

17:56 / 18.04.2025
Samarqand-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha «Afrosiyob» poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

17:01 / 08.04.2025
Samarqand iqlim forumida qanday natijalarga erishildi?

14:48 / 08.04.2025
Samarqandda Imom Moturidiy yodgorlik majmuasini kengaytirish uchun 217 ta turarjoy binosi buziladi

10:47 / 08.04.2025