Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.
Pokistonda çaqaloqlar ölimi
Bugun tongda Pokistondan dahşatli xabar keldi: Islomobod şahridagi şifoxonaning tuğuruq bölimida kelib çiqqan yonğin oqibatida kamida 15 nafar çaqaloq halok bölgan.
«Yonğin kasalxonaning onalik va bolalikni muhofaza qiliş bölimi uçinçi qavatida boşlandi», deyiladi Islomobod okrugi maʼmuriyati xabarida. Qutqaruvçilar sözlariga köra, yonğin ertalab soat 06:45 lar atrofida çaqaloqlar xonasida konditsionerning portlaşi tufayli kelib çiqqan.
Öşa vaqtda palatada 16 nafar yangi tuğilgan çaqaloq bölgan va ulardan faqat bittasi qutqarib qolingan. Pokiston boş vaziri Şahboz Şarif voqea yuzasidan zudlik bilan tergov ötkazişga topşiriq berdi.
«Bolalar bilan boğliq fojia – örnini töldirib bölmaydigan yöqotişdir. Aybdorlar aniqlanişi va ularga nisbatan eng qatʼiy çoralar körilişi şart», dedi u.
Pokistonda tibbiyot sohasi davlat tomonidan subsidiyalansa-da, davlat kasalxonalari köpinça resurslar yetişmovçiligi va ortiqça yuklama muammosidan aziyat çekadi.
AQŞ boş razvedkaçisi Moskvada
AQŞ Markaziy razvedka boşqarmasi (CIA) direktori Jon Ratkliff seşanba kuni Rossiya rasmiylari bilan uçraşiş uçun Moskvaga borgan. Bu haqda AQŞ naşrlari öz manbalariga tayanib xabar tarqatdi.
Bu 2021-yil noyabridan beri AQŞ boş razvedkaçisining Rossiyaga qilgan birinçi, maʼlum taşrifi hisoblanadi. Öşa uçraşuvdan taxminan uç oy ötib, Putin Ukrainaga qarşi uruş boşlagandi.
Ratkliff Trampning birinçi muddatida milliy razvedka direktori bölib işlagan. Taşrif haqida xabar bergan naşrlar uning kim bilan uçraşayotgani yoki muzokaralarda qanday masalalar körib çiqilişini aytmagan.
MRB ham izoh berişdan boş tortdi. Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov esa bu xabarni tasdiqlamadi, ammo rad ham etmadi.
Reutersʼning yozişiça, oldinroq AQŞ Ukrainadan – şu haftaning duşanba, seşanba va çorşanba kunlari Moskva, Sankt-Peterburg va ayrim şimoliy hududlar böylab aviazarbalar bermaslikni söragan. Bunga sabab yuqori martabali AQŞ rasmiysi samolyotining Rossiya poytaxtiga uçişi bölgan.
















