Kun.uz Fiskal tahlillar instituti tomonidan ilgari surilgan pensiya tizimi, ijtimoiy soliq va boşqa iqtisodiy islohotlarga oid takliflar yuzasidan iqtisodçi Otabek Bakirov bilan suhbatlaşdi.
Bakirovga köra, bugungi kunda pensiyalarni oşiriş “qoldiq prinsipi” asosida hal qilinmoqda. Yaʼni, byudjet imkoniyatlari hisoblangaçgina pensiyalarni qança oşiriş mumkinligi belgilanadi.
“2026-yilda tariflar örtaça 10 foizga oşirilişi eʼlon qilindi. Pensiyalar esa 7 foizga oşirildi. Raqamlarning özi vaziyatni körsatib turibdi. Agar pensiya tizimining muvozanatini tiklamasak, tariflar yuqori surʼatlarda ösişda davom etadi, pensiya va ijtimoiy nafaqalarni oşiriş esa ikkinçi darajali masalaga aylanib qoladi”, - dedi u.
Iqtisodçi bunga misol sifatida Qirğizistondagi vaziyatni keltirdi. Uning aytişiça, qöşni davlatda 2026-yil 1-oktabrdan pensiyalar 20 foizga indeksatsiya qilinadi. Şu paytgaça Qirğizistonda örtaça va minimal pensiyalar Özbekistondagidan past bölgan bölsa, endilikda bu körsatkiç ortda qoldirilişi mumkin.
“Ular pensiya tizimining suğurta qismini barqarorlaştirib oldi. Biz esa kerakli qarorlarni vaqtida qabul qilmayapmiz. Agar hozirgi holat davom etsa, pensionerlar sonining ortişi, budjet imkoniyatlari va iqtisodiy ösiş surʼatlarini hisobga olganda, ikki-uç yil içida pensiyalarni hatto inflatsiya darajasida ham indeksatsiya qiliş qiyinlaşişi mumkin”, - deydi Bakirov.
“Pensiya jamğarmasi daromadi bilan xarajatlari örtasidagi tafovut 2 milliard dollarga yetgan”
Bakirov pensiya tizimidagi asosiy muammo Pensiya jamğarmasi daromadlari va xarajatlari örtasidagi tafovut yil sayin ortib borayotganida ekanini aytdi.
“Pensiya jamğarmasi daromadlari bilan xarajatlari orasidagi farq qariyb 2 milliard dollarga yetgan. Bu mablağ byudjet transfertlari hisobidan qoplanmoqda. Lekin bunday amaliyotni doimiy davom ettirib bölmaydi. Jamğarma öz daromadlari hisobidan öz xarajatlarini qoplay oladigan tizimga aylanişi kerak”, - dedi u.
Uning fikriça, bunga erişişning ikki yöli bor: ijtimoiy soliq stavkasini oşiriş yoki soliq bazasini kengaytiriş. Bakirov ikkinçi yöl tanlanganini ijobiy baholadi.

















