“Çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslarning Özbekiston Davlat çegarasi orqali ötişida biografik va biometrik ma’lumotlarini yiğiş, saqlaş, qayta işlaş va almaşişning vaqtinçalik tartibini tasdiqlaş töğrisida”gi qaror loyihasi e’lon qilindi.

Qaror loyihasi qabul qilinişining zaruriyatida aytilişiça, bugungi kunda çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslar Özbekiston hududiga mehmon, mehnat, xizmat, ta’lim oliş, davolaniş, ziyorat, dam oliş maqsadida kelib ketmoqda. Amaliyotda, ayrim şaxslar Davlat çegarasi orqali ötkaziş punktlaridan ötişda harakatlaniş hujjati sifatida muayyan hujjatni taqdim etib, Özbekiston hududida bölgan davrda esa boşqa davlat fuqaroligi (yoki boşqa biografik ma’lumotlar bilan) hujjatni taqdim etiş holatlari kuzatilmoqda.

Çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslarning öz xohişlariga köra joylaştiriş vositalarida, davolaş muassasalarida yoki uy-joy maydonida röyxatdan ötişda, ularga davlat xizmatlari körsatişda hamda şaxsni identifikatsiya qiliş bilan boğliq harakatlarda axborot tizimlarida nomuvofiqliklar mavjud.

Mazkur qaror loyihasi bilan çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslarning Özbekiston Davlat çegarasi orqali ötişida biografik va biometrik ma’lumotlarini yiğiş, saqlaş, qayta işlaş va almaşişning vaqtinçalik tartibi tasdiqlanmoqda.

Vaqtinçalik tartibga asosan Içki işlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallaştiriş markazi  örtasida çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslarning biografik va biometrik ma’lumotlarini himoyalangan axborot uzatiş kanallari orqali avtomatik rejimda almaşinişi, ma’lumotlariga işlov beriş tartibi va saqlaş muddatlari amaldagi qonun hujjatlari normalariga muvofiq belgilanişi hamda idoralararo elektron hamkorlik interfeys talablari alohida, ikki tomonlama Texnologik yöriqnomalarda tasdiqlanişi nazarda tutilmoqda.

Davlat çegarasi orqali ötkaziş punktlarida çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslarning biometrik röyxatga olişning axborot texnologiyalarining zamonaviy usullarini töliq va samarali sinovdan ötkaziş uçun hamda bu sohadagi qonun hujjatlariga tegişli özgartiş va qöşimçalar kiritilgunigaça hamda vaqtinçalik tartibni amal qiliş muddati 2024 yil 31 dekabrga qadar belgilanmoqda.