Toşkentda mulkdorlardan ommaviy baholaş orqali uylariga belgilangan qiymat bilan tanişib, munosabat bildiriş söralmoqda. Ammo bu raqam kelgusida qaysi maqsadlarda işlatilişi va mulkdorning manfaatlariga qanday taʼsir qilişi böyiça noaniqlik bor.

Kun.uz avvalroq bu mavzu yuzasidan Köçmas mulkni ommaviy baholaş milliy markazi rahbariyati bilan suhbat taşkil etgan edi. Navbatdagi suhbatdoşlarimiz - Özbekiston baholovçilar jamiyati raisi Zebuniso Isanova va jamiyat boşqaruv kengaşi aʼzosi Şuhrat Abduvahobov böldi. Ular qonun loyihasidagi yondaşuvlar yuzasidan eʼtiroz va takliflarini bildirdi.

Bir qiymat soliq va kompensatsiyaga birdek mos keladimi?

Zebuniso Isanovaning fikriça, ommaviy baholaş natijasini muayyan uyning individual bahosi bilan tenglaştiriş mumkin emas. Baholaşning maqsadi özgarsa, hisob-kitobga qöyiladigan talablar ham farqlanadi. Şu sabab u soliq bazasini şakllantiriş uçun aniqlangan qiymatni oldi-sotdi, garov yoki jamoat ehtiyojlari uçun olib qöyişda avtomatik qöllaşga qarşi.

Isanova amaldagi baholaş qonunçiligida bozor qiymati va undan farqli qiymat turlari ajratilganini, loyihada qöllanayotgan “bozorga yaqin qiymat” tuşunçasining huquqiy maqomi esa aniqlaştirilişi kerakligini taʼkidladi. Uningça, yangi atama kiritişning özi bozor qiymatini aniqlaş talabini almaştirmaydi.

Şuhrat Abduvahobov ham asosiy muammoni natijaning qayerda işlatilişida köradi. Uning tuşuntirişiça, ommaviy baholaşda öxşaş obektlar guruhlanib, umumlaştirilgan körsatkiçlar asosida qiymat çiqariladi. Garov yoki kompensatsiyada esa alohida mulk va uning xususiyatlarini baholaş zarur.

Ekspertning aytişiça, bozor qiymatidan past baho soliq maqsadida mulkdorga maʼqul körinişi mumkin. Biroq aynan şu raqam uy olib qöyilganda kompensatsiya uçun asos bölsa, mulkdor öz mulkining haqiqiy qiymatidan kam pul olişi ehtimoli bor. Aksinça, qiymat asossiz yuqori çiqsa, kompensatsiya tölovçi tomon zarar körişi mumkin.

Abduvahobovning fikriça, natijaga rozilik söraşdan oldin fuqaroga undan qanday maqsadda foydalaniş tuşuntirilişi kerak. Çunki mulkdor bir qiymatga soliq nuqtayi nazaridan rozi, kompensatsiya nuqtayi nazaridan esa norozi bölişi mumkin.

Yonma-yon joylaşgan qasr va xarobaga deyarli bir xil baho çiqişi mumkin

Zebuniso Isanova jamiyat örgangan holatlardan birini misol keltirdi: yonma-yon joylaşgan, biri qasr körinişidagi, ikkinçisi ança noçor ahvoldagi ikki uy ommaviy baholaşda deyarli bir xil qiymat olgan. Uning aytişiça, individual baholaşda binolarning texnik holati va boşqa xususiyatlari örganilsa, ular örtasidagi farq hisob-kitobda aks etişi kerak.

Şuhrat Abduvahobovning tuşuntirişiça, u tanişgan uslubiyatda taʼmir holati haqida kadastr maʼlumoti bölsa, undan foydalaniladi. Bunday maʼlumot bölmasa, holat örtaça deb olinadi. Ekspert bu yondaşuv yaxşi taʼmirlangan va taʼmirtalab uylarning qiymatidagi farqni yetarliça aks ettirmasligi mumkinligini aytdi.

Abduvahobov qavatlar böyiça koyeffitsiyentlarga ham eʼtiroz bildirdi. U misol keltirgan beş qavatli bino uçun hisob-kitobda birinçi qavatga pasaytiruvçi, törtinçi va beşinçi qavatlarga esa oşiruvçi koyeffitsiyent qöllangan. Uningça, lifsiz uylar va birinçi qavatning tijorat imkoniyatlari hisobga olinsa, bunday yondaşuv real bozordagi vaziyatga mos kelmasligi mumkin.

Isanova bu farqlar bank uçun ham ahamiyatli ekanini taʼkidladi. Kapital taʼmir talab qiladigan obekt sifatli taʼmirlangan uy bilan bir xil baholansa, garov taʼminoti asossiz oşirib körsatilişi mumkin. Uning fikriça, mulkning sotiliş imkoniyati va haqiqiy holati tekşirilmasdan çiqarilgan baho kredit qaytmaganida garov qarzni qoplamasligi xavfini kuçaytiradi.

Kompensatsiyada esa masala faqat uyning taʼmiriga borib taqalmaydi. Abduvahobovning aytişiça, kadastr bazasiga tayaniş hovlidagi ayrim qöşimça imoratlar yoki köp yillik daraxtlarni hisobdan çetda qoldirişi mumkin. U jamoat ehtiyojlari uçun yer olib qöyiş haqidagi qonunda köçmas mulk, yerga bölgan huquq va dov-daraxtlarning bozor qiymatini qoplaş nazarda tutilganini qayd etdi.

Ekspert, şuningdek, qonunda nazarda tutilgan holatlarda kadastrga kiritilmagan imoratlar qiymatini qoplaş masalasi ham borligini taʼkidladi. Uning eʼtiroziça, bazada mavjud bölmagan obektni ommaviy hisob-kitob orqali töliq qamrab oliş qiyin.

Isanovaning fikriça, kompensatsiyani past belgilaş qisqa muddatda xarajatni kamaytirgandek körinadi. Ammo mulkdor bilan nizo, qayta baholaş, sud xarajatlari va loyihaning keçikişi keyinçalik köproq mablağ talab qilişi mumkin. U bunday vaziyat mulk huquqi himoyasiga bölgan işonçga ham taʼsir qilişini aytdi.

Har ikki ekspertning taklifi - ommaviy baholaş vazifasini soliq maqsadlari uçun bazaviy qiymatni şakllantiriş bilan çegaralaş. Ularning fikriça, kompensatsiya, garov va boşqa individual bitimlarda alohida baholaş saqlanişi, bahodan norozi mulkdorning mustaqil hisobot orqali öz huquqini himoya qiliş imkoniyati qonunda aniq kafolatlanişi kerak.