Prezident: «Oliy ta'limga qamrov 9 foiz edi, hozir – 29 foiz. Xursandmisiz, desangiz aytaman – yo‘q, hali xursand emasman»
O‘zbekistonda 5 yil oldin oliy ta'limga qamrov 9 foiz edi, hozir bu ko‘rsatkich 29 foizga chiqdi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida bo‘lib o‘tayotgan tadbirda ma'lum qildi.

“5 yil oldin oliy ta'lim bilan qamrovimiz 9 foiz edi, hozir 29 foizga chiqdik. Shundan xursandmisiz, desangiz aytaman – yo‘q, hali xursand emasman. 50 foizgacha chiqarsak ko‘nglim to‘ladi. Olimlari, xalqi bilimli bo‘lgan davlat baribir kuchli bo‘ladi. Men bunga ishonaman. Ta'lim va yana ta'lim, deb bekorga aytmayman. Maktabgacha ta'lim vazirligi faoliyatini ham bejiz yo‘lga qo‘ymadik.
Navoiyda ko‘rdingiz, bilimli odam bemalol o‘z yo‘lini topyapti. Ikki yil avval Marhamatda IT-Park ochganimizda ko‘pchilik kulgandi. Hozir o‘sha parkdagi yigit-qizlar oyiga 3-4 ming dollargacha maosh olishyapti.
Yaqinda tadbirkorlar bilan uchrashdim. Shunda ko‘rdingiz, bir yigit agar imkoniyati bersangiz 100 ming kishini IT sohasida ish bilan ta'minlayman, dedi. Umuman tadbirkorlardan 15 mingdan ortiq taklif tushdi, imkon qadar o‘zim o‘rganib chiqdim. 70 foizi adolatli gaplar. Endi ularning yechimi ustida ishlaymiz”, dedi davlat rahbari rasmiy nutq boshlanishi oldidan.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Filippinda yuz bergan YTHda 10 kishi halok bo‘ldi
Jahon | 01:24
-
Zelenskiy Trampdan eng kuchli qartalar to‘plamini oldi - AQSh moliya vaziri
Jahon | 00:52
-
NASA’ning ikki ayol astronavti XKS bortidan ochiq kosmosga chiqdi
Fan-texnika | 00:20
-
Payariq hokimining ta’qibi ortidan qamalgan tadbirkorni Oliy sud ozod qildi
O‘zbekiston | 23:37 / 01.05.2025
Mavzuga oid

20:48 / 09.10.2024
Buxoroning yangi aeroporti soatiga 8 ta samolyotga xizmat ko‘rsatadi

21:49 / 08.10.2024
Mirziyoyev MDH sammitida ko‘ptomonlama hamkorlik barcha yo‘nalishlarda rivojlanganini yuqori baholadi

19:31 / 06.10.2024
Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga boradi

16:30 / 01.10.2024