AQSh prezidenti Barak Obama bugun 4 avgust kuni 55 yoshligini nishonlamoqda. So‘nggi 8 yilda u jahonning ham iqtisodiy, ham harbiy jihatdan eng qudratli davlatini boshqarib kelmoqda. Obama prezidentlik lavozimida nimasi bilan xotiralarda muhrlanib qoladi – bu haqida fotojamlanmamizda batafsil. 

1.  2008 yilgi saylovoldi kampaniyasi davomida uncha taniqli bo‘lmagan Illinoys shtati senatori Barak Obamaning AQSh prezidenti bo‘lishini hech kim kutmagandi. U prezidentlik saylovlarida g‘olib bo‘lgan birinchi afroamerikalik hisoblanadi. 

2.  Otasi keniyalik, onasi amerikalik bo‘lgan Barak Obama Havayi shtatida tavallud topgan. Maktabda o‘qigan davrida u giyohvand moddalar iste'mol qilgan. Biroq Harvardda o‘qishga kirgunga qadar o‘zini bosib olgan va ijtimoiy loyihalarni tashkillashtirish tajribasiga ega bo‘ldi. Harvardda Obama huquqshunos diplomini olgan. 

3.  Barak Obama Rossiya bilan munosabatlarni qayta o‘rnatish “g‘oya”sini qo‘llab-quvvatladi. U 2010 yilda e'lon qilingan. Biroq Moskvada bu g‘oya uncha tushunilmadi. Amerika rahbari va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasidagi munosabatlardan buni payqash qiyin emas – ayniqsa ilk yillarda.

4.  2009 yilning boshida prezidentlik lavozimini egallagan Obama shu yilning kuz oyidayoq Nobel mukofotini qo‘lga kiritdi. Bu bir qator davlatlarda tushunmovchiliklarni keltirib chiqardi. Shunga qaramay Nobel qo‘mitasining qarorida mantiq bo‘lgan. Obama Oq uyga kelishi bilan prezident siyosatda yangi so‘z ayta oladigandek va muammoli mintaqalar bilan munosabatga kirisha oladigandek tasavvur uyg‘otgan. 2009 yilda bu eng avvalo Yaqin Sharq mamlakatlari edi. Suratda – Barak Obama Oq uyda Minnatdorchilik kunini nishonlamoqda. 

5.  AQSh davlat kotibi Hillari Klinton va Obama chin ma'noli  ishonchli munosabatlar qura olishmadi. Bu Obamaning birinchi muddati nihoyasiga yetgach, Klinton prezidentlik jamoasini tark etganidan keyin yaqqol namoyon bo‘ldi. Shunday bo‘lsa-da, ular hozir birga. Klinton – Demokratik partiyaning Oq uyda hukmronligini saqlab qolishi uchun yagona umidi.