Yer Tselsiy böyiça yana bir darajaga isiydigan bölsa, uning çorak qismidan köproği "qurişi" mumkin, deya xabar beradi Phys.org. portali. Xalqaro olimlar guruhi, jumladan Şençjen (Xitoy)dagi Janubiy fan va texnologiyalar universiteti hamda Ist-Angliya universiteti olimlari şunday xulosaga kelişdi.
Yer şari Tselsiy böyiça 1 darajaga isib böldi, deya ogohlantirişmoqda tadqiqotçilar. Keyingi global isiş quruqlikning bir qismi çölga aylanişi bilan tahdid solmoqda. Bu qişloq xöjaligi va bioxilma-xillikka tuzatib bölmas ziyon yetkazadi. Şuningdek hamma yerda qurğoqçilik va örmon yonğinlari boşlanadi.
Yangi tadqiqot örtaça haroratning Tselsiy böyiça 2 darajaga global özgargan taqdirda, Yer sathining 20-30 foizi sahroga aylanişi mumkinligini körsatdi.
Biroq global isişni Tselsiy böyiça 1,5 darajada uşlab turişning uddasidan çiqilsa, Yevropaning janubiy qismi, Afrika janubi, Markaziy Amerikaning bir qismi, Avstraliya qirğoqlari va Janubi-Şarqiy Osiyo Yer "qurişi"ni çetlab ötadi, deya ta'kidlaşmoqda olimlar.













