1 fevral kuni Andijonda Qur'on musobaqalarining birinchi bosqichi boshlandi.

Hifz va tilovat yo‘nalishida o‘tkazilayotgan musobaqalar 1-3 fevral kunlari “Andijon” tantanalar saroyi, O‘zbekiston Musulmonlar idorasining viloyat vakilligi zalida, Oltinko‘l tuman “Oltinko‘l” jome masjidi, Izboskan tuman “Ahmadali hoji” masjidi, Asaka tuman “Xolid ibn Valid” masjidi, Shahrixon tuman “Nomozgoh” jome masjidi, Xo‘jaobod tuman “Yetti chinor” jome masjidi va Qo‘rg‘ontepa tumanidagi “Ramazon qori” jome masjidlarida bo‘lib o‘tadi. Hududlarda o‘tkazilayotgan musobaqalarda 1100 nafardan ziyod  ishtirokchi qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tgan.

 

 

18 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan qori va qoriyalar o‘rtasida o‘tkazilayotgan tanlovning birinchi bosqichi g‘oliblari viloyat bosqichida qatnashish huquqiga ega bo‘ladi. Viloyatda birinchilikni qo‘lga kiritganlar esa Respublika bosqichiga yo‘llanma oladi. 

Ayol-qizlar o‘rtasidagi Qur'on musobaqasi ham o‘ziga xos, shariat tartiblarga rioya etilgan holda o‘tkazilmoqda. Bunga viloyatdagi vakillik qoshida xizmat ko‘rsatayotgan otin oyilar mas'ul etib tayinlangan.