Konferentsiyada federatsiya prezidenti lavozimiga 1996-2006 yillar mobaynida federatsiyani muvaffaqiyatli boshqarib, qator yutuqlarga erishgan mutaxassis, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi, qora belbog‘ 6-DAN sohibi Nurxon Nafasov nomzodi ilgari surildi. Konferentsiya ishtirokchilari ushbu nomzodni bir ovozdan qo‘llab quvvatlashdi va Nurxon Nafasov 12 yillik tanaffusdan so‘ng yana O‘zbekiston karate Milliy federatsiyasi prezidenti etib saylandi.
N.Nafasovga qisqa fursat ichida federatsiya faoliyatini tubdan isloh qilish, iqtidorli sportchilar tayyorlash tizimini yaratish, terma jamoa tarkibida raqobatni kuchaytirish, murabbiylar malakasini oshirish, Osiyo va Olimpiya kabi nufuzli musobaqalarda yurtimiz sharafini munosib himoya qila oladigan sportchilarni tarbiyalash vazifasi yuklatildi.











