Airbnb. Qanday qilib 3 oddiy yigit biznesning yangi modeliga asos solişdi?

Amerikaning Fortune jurnali muharriri, yuqori texnologik kompaniya va startaplar böyiça mutaxassis Li Gallaxer tunaş uçun kamtarona joy izlaş servisidan onlayn-gigantga aylana olgan Airbnb kompaniyasining yaratiliş tarixi va rivojlanişi haqida kitob yozdi. Gallaxer “firma siri”ni oçadi va Airbnb asosçilarining inqirozli vaziyatlardan çiqiş böyiça maslahatlarini keltiradi.

Iqtibos:

“Kompaniya asosçilari yengib bölmasdek tuyulgan tösiqlarni bosib ötişdi. Ularga heç kim işonmasdi. Ular qaynoq yelim, sarmoyadorlarning muzdek munosabati, zöriqişlar sabab uyqusiz tunlar va ota-ona xavotirini boşdan keçirdi. Biroq hozir biznesning oliy ligasiga yetib kelişdi. Demak ularni oldinda murakkabliklarning yuqori darajasi kutib turardi”.

 

Tamoyillar

Amerikaning CIO jurnali “Sarmoyalaşning Stiv Jobsi” deb atagan Rey Dalio – investitsion dunyoning eng ahamiyatli şaxslaridan biridir. 26 yoşida öz xonadonidan turib, (yana olti yil normal ofisi bölmagan) keyinçalik dunyodagi eng yirik fondga aylangan Bridgewater Associates xedj-fondiga asos soldi, uning özi esa jahonning eng badavlat va obröli kişilari röyxatidan mustahkam joy egalladi. Uning sözlariga qaraganda, kitobni boşqalarga muvaffaqiyatli bölişga yordam beriş uçun yozgan. Çunki tamoyillar (ham hayotiy, ham iş bilan boğliq) barini tizimlaştiriş, qarorlarni tezroq qabul qiliş va hayot darajasini oşiriş imkonini beradi.

Iqtibos:

“Tamoyillar — bu odam xulq-atvori asosi bölgan, unga hayotda erişmoqçi bölgan maqsadlarni qölga kiritiş imkonini beradigan fikrlardir. Maqsadga yetiş uçun ularni turli vaziyatlarda qayta-qayta özgartirib, qöllaş mumkin. Samarali tamoyillar töplamini muvaffaqiyatning yaxşi kitobi bilan taqqoslaş mumkin. Barça muvaffaqiyatli kişilar ularga muvaffaqiyatli bölişda yordam beradigan tamoyillarga qarab iş tutadi”.