Passiv daromad nima? U orqali yaxşigina pul işlasa böladi
|22:30 / 07.08.201829 6269 min
Kimdir qöşimça pul işlab topiş imkoniyatini izlasa, unga köpinça vaqtinçalik iş topiş böyiça maslahat berişadi. Biroq buning uçun sizda vaqt va kuç bölmasa-çi? Mazkur holatda passiv tuşum– siz tomondan kam vaqt kuç sarflab pul işlaş usullarini topişingiz kerak böladi.
Foto: Pixabay
YouTube uçun videoroliklar tayyorlang
Uşbu soha juda tez rivojlanyapti. Siz istalgan kategoriya – musiqali, ta'limga boğliq, komediya, kinolar şarhi kabi yönalişlarda roliklar suratga olişingiz va uni YouTube’ga joylaştirişingiz mumkin. Keyin esa bu roliklar Google AdSense’ga ulansa, ularda avtomatik tarzda reklamalar paydo böladi. Tomoşabinlar uşbu reklamalar ustida siçqonçani bossa, Google AdSense’dan pul olişni boşlaysiz.
Sizning muhim vazifangiz – munosib roliklarni yaratiş, ularni ijtimoiy tarmoqlarda tarğib etiş va bir neça klipdan daromadni ta'minlaş uçun yetarli miqdorni qöllab-quvvatlaş. Videoni suratga oliş va montaj qiliş u qadar muşkul emas, biroq şundan keyin juda uzoq vaqt davomida töliq passiv daromad manbaiga ega bölasiz.
YouTube’da omadingiz kelişiga işonmayapsizmi? Mişel Fan özining kosmetika va rasm çizişga bölgan qiziqişini video suratga oliş bilan birlaştirib, 8 milliondan ortiq obunaçilarga ega böldi. Endilikda 800 million dollar kapitalizatsiyaga ega şaxsiy kompaniyasiga asos soldi.
Hamkorlik marketingini sinab köring va sotişni boşlang
Passiv daromadning bu texnikasi bloglar va faol internet-sayt egalari uçun köproq mos keladi. Qandaydir mahsulotlarni saytingizda tarğib etib, qat'iy belgilangan tölov yoki savdodan foiz olişingiz mumkin.
Bu yöl bilan pul işlab topiş qiyin emas. Çunki özingiz payqaganingizdek, köplab kompaniyalar mahsulotlarini köproq joyda sotişdan manfaatdor.
Hamkorlik töğrisidagi takliflarni işlab çiqaruvçilar yoki ularning saytiga murojaat qiliş orqali topiş mumkin. Reklama qilinayotgan mahsulot yoki xizmat sizga qiziq bölsa yoki sayt mavzusiga töğri kelsa, undan-da yaxşi.
Bu sohada imkoniyatlar çeksiz: siz deyarli istalgan mahsulot va xizmatni sotişingiz mumkin. Bu siz tomondan, öz qölingiz bilan tayyorlangan yoki raqamli mahsulot (dasturlar, DVD-disklar yoki ta'lim beruvçi video) bölişi mumkin.
Agar öz saytingiz yoki blogingiz bölmasa, savdo uçun sohangizga mos resursdan foydalanişingiz mumkin. Bundan taşqari, hamkorlik bitimini tuzib, mavzuga mos saytlarga yoki ClickBank (raqamli axborot mahsulotlarini sotiş uçun Amerika marketpleysi) kabi platformalardan foydalanişingiz mumkin.
Internetda sotişni örganib, köp pul işlab topişingiz mumkin. Balki bu töliq passiv tuşum emasdir, biroq har kuni tongda otlaniş kerak bölgan odatiy işga qaraganda passivroq.
Blog sotib oling
Har yili minglab bloglar yaratiladi, biroz vaqt ötgaç, “taşlab ketiladi”. Agar taşrifçilarining soni köp bölgan blogni sotib ololsangiz, bu a'lo darajadagi passiv daromad manbaiga aylanişi mumkin.
Köplab bloglarda Google AdSense’dan foydalaniladi. U esa har oyda saytga joylaştirilgan reklama uçun haq tölaydi. Qöşimça tuşumni ta'minlaş uçun hamkorlik bitimlarini ham tuzim mumkin. Agar blogga ega bölsangiz, daromadning har ikki oqimi ham sizga tegişli böladi.
Moliyaviy nuqtai-nazardan bloglar oylik kirimdan 24 marta köproq summaga sotilişi mumkin. Ya'ni, agar sayt oyiga 250 dollar işlasa, uni 3000 dollarga sotib olişingiz mumkin. Demak, 3000 dollar kiritib, har yili 1500 dollar oliş imkoniga ega bölasiz.
Egasi aktividan xalos bölişni istayotgan bölsa, saytni arzonroqqa sotib olişingiz mumkin böladi. Ba'zi saytlarda “doimiy” materiallar bölib, yillar davomida öz dolzarbligini yöqotmaydi va daromad keltirişda davom etadi.
Foydali maslahat: Agar mana şunday saytni sotib olib, uni yangi ma'lumotlar bilan töldirsangiz, oylik tuşum darajasini oşiriş va biroz vaqt ötgaç, saytni olinganiga qaraganda qimmatroqqa sotiş imkoniga ega bölasiz.
Vanihoyat, blogni sotib oliş örniga şaxsiy blogni yaratiş. Bu ham foyda olişning yaxşi usuli.
Foto: Pixabay
Suratlaringizni internet tarmoğida foyda keltirişga majburlang
Suratga olişni yoqtirasizmi? Agar javobingiz “ha” bölsa, uni passiv kirim manbaiga aylantiriş mumkin. Shutterstock va iStockphoto kabi fotobanklar suratlarni sotiş uçun sizga platforma taqdim etişlari mumkin. Siz sayt mijoziga sotilgan har bir suratdan foiz yoki qat'iy belgilangan mablağni qölga kiritasiz.
Bu holatda har bir surat tuşumning yana va yana işlaşi mumkin bölgan alohida manbaiga aylanadi. Sizdan bor-yöği portfolio yaratiş, uni bir yoki bir neça platformaga yuklaş talab etiladi. Şu bilan sizning faol harakatingiz yakunlanadi. Suratlarni sotiş bilan boğliq barça texnik masalalar veb-platforma yordamida hal etiladi.
Elektron kitob yozing
Albatta, bu köp mehnat talab qiladigan jarayon bölişi mumkin. Biroq kitobni yozib, uni savdo maydonçalariga joylaştirsangiz, u sizga yillar davomidagi tuşumni kafolatlaydi. Kitobni şaxsiy saytda sotişingiz yoki kitob mavzusiga töğri keladigan boşqa saytlar bilan hamkorlik bitimini imzolaşingiz mumkin.
Foto: Pixabay
Haqiqiy kitob yozib mualliflik gonorarini qölga kiriting
Elektron kitob yoziş bilan boğliq jarayon kabi bu yerda ham dastlab mehnat qilişga töğri keladi. Biroq iş yakunlangaç, kitob savdoga qöyiladi va u butunlay passiv kirim manbaiga aylanadi.
Bu ayniqsa kitobni naşriyotga sotişga muvaffaq bölingan vaziyatga xos. U har bir savdodan gonorar tölaydi. Har bir sotilgan nusxadan foiz olasiz. Agar kitob maşhur bölsa, bu foizlar yirik mablağga aylanadi. Bundan taşqari, bu tölovlar bir neça yillar davom etişi mumkin.
ObviousInvestor.com saytidan bölgan Mayk Payper yaqinda aynan şunday yöl tutdi. U Amazon’dagina sotilgan “Sarmoyalar tuşunarli til bilan” kitobini yozdi. Birinçi kitob şu qadar ommalaşdiki, seriya yozişga undadi. Bu kitoblar jami bölib unga har yili olti raqamdan iborat summani olib kelmoqda.
Passiv biznes-hamkorga aylaning
Biznesni kengaytiriş uçun mablağga muhtoj muvaffaqiyatli kompaniya haqida bilasizmi? Agar javobingiz “ha” bölsa, siz qisqa muddatli fariştaga aylanib, ularga uşbu mablağni berişingiz mumkin. Kompaniya egasiga kredit beriş örniga aksiyadan uluş sörang. Bu holatda firma egasi kompaniya işini boşqaradi,siz esa biznesda iştirok etuvçi passiv hamkorga aylanasiz.
Foto: Pixabay
Sotadigan veb-sayt yarating
Agar siz biror mahsulot haqida köproq ma'lumotga ega bölsangiz, uni sohaga mos saytda sotişingiz mumkin. Uslub xuddi özingiz tayyorlagan mahsulotni sotişga öxşaydi.
Vaqt ötişi bilan şunga öxşaş mahsulotlarni qöşişingiz mumkinligini sezasiz. Agar bu röy bersa, katta foydaga ega bölişni boşlaysiz.
Agar mahsulotlarni bevosita işlab çiqaruvçidan sotuvçiga yetkazib beriş usulini topsangiz, “qölni-qölga urişga” ham töğri kelmaydi. Balki bu yuz foizlik passiv pul işlaş usuli emasdir, biroq şunga juda yaqin.
Tavsiyalar manbaiga aylaning
Har bir kiçik biznes savdolarni qöllab-quvvatlaş uçun tavsiyalar manbaiga ehtiyoj sezadi. Siz doimiy ravişda foydalanadigan xizmatlarni körsatuvçi va hamkorlik uçun tavsiya eta oladigan tadbirkorlar röyxatini tuzing. Ular bilan boğlaning, tavsiyalarga haq tölaş tizimi közda tutilganini sörang.
Röyxatga taniş hisobçi, landşaft dizaynerlari, elektriklar – istalgan odamni kiritiş mumkin. Bu odamlar xizmatlarini öz döstlaringiz, qarindoşlar va hamkasblarga tavsiya etişga tayyor turing. Odamlar bilan muloqot qilib, har bir tavsiyadan komissiya olişingiz mumkin.
Foto: Pixabay
Ilova yarating
Ilovalar tuşumi katta daromad manbaiga aylanişi mumkin. Öylab köring, bugun deyarli hammada smartfon bor. Ilovalar odamlar hayotini osonlaştiradi.
Şundoq ham bajaradigan işlar orqali pul işlang
Ha, siz şu paytgaça bajarib kelgan işlaringiz orqali ham foyda olişingiz mumkin. Masalan, Inbox Dollars öyin öynab, onlayn xaridlar qilib, internetda izlab va h.k orqali pul topiş imkonini beradi. Swagbucks ham xuddi şu işlarni amalga oşirib, foyda olişga yordam beradi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi