1994 yilda 9,35 mlrd dollar boylik bilan eng boy tadbirkorlar röyxatida birinçi örinda joylaşgan Bill Geyts qatorasiga 14 yil bu örinni tark etmadi. Bir yildan söng uning Microsoft kompaniyasi kompyuterlar olamida inqilob yasagan Windows 95 operatsion tizimini işlab çiqdi.

Uzoq yillar davomida monopoliya yaratişda ayblanib kelgan Geyts xayriya işlari bilan şuğullaniş uçun allaqaçon Microsoft boşqaruvidan ketgan. U bugunga qadar milliardlab dollar mablağni xayriya maqsadlarida sarflagan. Forbes Bill Geytsning eng yorqin iboralarini yodga oldi.

Dastlab iş boşlagan paytimizda Pol Allen va men har bir stol va har bir uyda kompyuter bölişi lozim degan maqsadni oldimizga qöygandik. Bu ğoyamizdan köpçilikning ensasi qotgandi. Bugungi kunda kompyuterlar hayotimizdan qançalik çuqur joy olganini körib, bu inqilobda Microsoft öynagan roldan faxrlanamiz.

Agarda bioterrorizm va yana ayrim oğişlarni hisobga olmasa, innovatsiyalar juda yaxşi narsa. Innovatsiyalar insonlar hayotini yaxşilaydi. Afsuski, bu texnologiyalar odamlarga biz istaganimizdan köra sekinroq yetib boryapti.

Semizlik, diabet, Alsgeymer kasalligi — biz hali yeça olmagan köplab muammolar bor. Ilğor dasturiy ta'minot va sun'iy ong bizga biologiyani tuşunişga, tabiatga qanday aralaşiş mumkinligini aniqlaşga va insonlar hayotini yanada yaxşilaşga yordam beradi deb öylayapman.

Sun'iy ong mehnat bozorini özgartiradi – ammo bozor iqtisodiyotida hamişa katta özgarişlar yuz beradi. Innovatsiyalarni joriy etişni çeklaş yaxşi qaror emas. 

Kompyuter yordamida köplab işlarni amalga oşiriş mumkin. Unda faqat öyin öynaş yaxşi iş emas. Bu sizning bor salohiyatingizni oçişga yordam bermaydi. 

Men 20-30 yoşimda juda öjar va sabrsiz edim. Hozir ham bundan qutulganman deb aytolmayman. Ammo bu xususiyatlardan me'yorida foydalanişni örgandim deb umid qilaman.

Mustaqil öqib-örganiş yaxşi, çunki siz özingizdagi işonçni oşirasiz va içingizda: «Men ança yaxşi bilaman. Buni öqituvçilardan köra yaxşiroq bilaman. Endi keyingi bosqiçga ötişga urinib köraman, balki bu yanada yaxşi bölar» deb öylaysiz. Bu ayniqsa kompyuterlar borasida muhim. Dasturingiz nosoz, buni dasturni işga tuşirayotgan paytingizda anglaysiz. Bu vaziyatda tuzatişlar kiritasiz va uni yana işga tuşirasiz.