Özbekiston Respublikasi poytaxti Toşkent şahrining doimiy aholisi soni 2018 yil 1 oktabr holatiga 2497,9 ming kişini taşkil etib, yil boşiga nisbatan 33,0 ming kişiga yoki 1,3%ga ösgan. Bu haqda Davlat statistika qömitasi xabar bermoqda.
2018 yilning yanvar-sentabr oylarida 34,0 ming bola tuğilganligi qayd etilgan bölib, mos ravişda tuğiliş koeffitsiyenti 1000 aholiga nisbatan 18,3 promilleni taşkil etdi va 2017 yilga nisbatan 0,7ga (2017 yilning mos davrida - 17,6 promille bölgan) ösdi.
2018 yilning yanvar-sentabr oylarida 11,9 mingta ölim qayd etilgan bölib, şundan 461 nafari 1 yoşgaça vafot etgan bolalar soniga töğri kelmoqda. Ölim koeffitsiyenti 6,4 promilleni taşkil etib, 2017 yilning mos davriga nisbatan 0,3ga kamaydi (2017 yilning mos davrida - 6,7 promille bölgan).
Poytaxt aholisining tabiiy ösişi 22,1 ming kişini taşkil etib, 2017 yilning mos davriga nisbatan 2,2 ming kişiga ösişi (2017 yilning mos davrida 19,9 ming kişi bölgan) kuzatildi.
FHDYo organlarida 2018 yilning yanvar-sentabr oylarida 14,4 mingta nikoh va 3,1 mingta nikohdan ajralişlar qayd etildi.
1000 aholiga nisbatan nikoh tuziş koeffitsiyenti 7,7 promilleni taşkil qilib, 2017 yilning mos davriga nisbatan 0,2ga ösdi (2017 yilning mos davrida - 7,5 promille bölgan).
Nikohdan ajraliş koeffitsiyenti 1000 aholiga nisbatan 1,7 promilleni taşkil etib, 2017 yilning mos davriga nisbatan 0,2 promillega (2017 yilning mos davrida 1,5 promille bölgan) ösgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston aholisi soni 33 milliondan oşgani xabar qilingandi.

















