Butunjahon iqtisodiy forumi (WEF) yaqin yillardagi mehnat bozori kelajagi töğrisidagi ma'ruzani çiqardi. Sun'iy idrokning (SI) rivojlanişi sabab 2022 yilga kelib dunyo 75 million iş örnini yöqotadi. Biroq 133 millionta yangi iş örniga ega böladi. Xursand bölişga şoşilmang, bari oson emas.

Uşbu ma'ruzaga köra:
- SI yaqin bir neça yillarda iş örinlariga ta'sir körsatadi: agar hozir kompyuterlar iş operatsiyalarining 29 foizini bajarayotgan bölsa, 2025 yilga kelib, bu körsatkiç 52 foizga yetadi.
- Gap şundaki, robotlar bizlarni iş joylaridan siqib çiqarişmaydi, öyin şartlari biroz özgarişi ehtimoli katta: bir xil işni bajariş uçun turli könikmalar talab etiladi.
WEF mutaxassislari biror yangi narsa aytişgani yöq. Yaqin yillarda sun'iy idrokning barça iş joylariga ega çiqişi töğrisidagi ma'lumotlar internetda talaygina. Ularga işoniş-işonmaslik har kimning şaxsiy işi. Biroq oldindan tayyorgarlik körgan ma'qul. 10 yil avval heç qanday SI bölmagan, hozir esa u bilan har kuni yuzma-yuz kelyapmiz. 10 yildan keyin dunyoga robotlarning ta'siri odamga qaraganda köproq böladi. Nimaga bölmasligi kerak?
Ma'ruzaning ikki qiziq jihati bor:
Birinçidan, 4 yil. Ilgari 10-50 yillar haqida gapirilar edi. Endi esa bor-yöği 4 yil. 2022 yilga kelib, dunyoda global özgarişlar kuzatiladi. Ma'ruzadagi xulosalarga işonmaslikka asos ham yöq.
Ikkinçidan, öyinning yangi qoidalari. Kelajakdagi odamdan nima talab etiladi? Mualliflar bu savolga juda qiziq javob berişgan. Eng muhimi – tezkor va uzluksiz malaka oşiriş.
Ma'ruza mualliflari 4 yildan keyin qaysi könikmalar asosiy bölişi haqida aytişgan (ahamiyatining kamayib borişi ketma-ketligida).
- Nostandart vazifalarni mustaqil yeçiş könikmasi.
- Tanqidiy fikrlaş.
- Ijodkorlik.
- Odamlarni boşqariş könikmasi.
- Guruhda harakatlarni muvofiqlaştiriş.
- Empatiya.
- Qarorlarni mustaqil qabul qiliş.
- Mijozga yönalganlik.


















