O‘zbekistonda dollar kursi yana ko‘tarildi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2018 yil 20 noyabrdan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 6,26 so‘mga ko‘tarilgan va 1 dollar 8277,53 so‘mga yetgan.
1 yevro kursi 76,63 so‘mga qimmatlashib, 9451,28 so‘mni tashkil qildi.
1 Rossiya rubli 3,77 so‘mga ko‘tarildi va 125,56 so‘mga teng bo‘lib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning fevralidan buyon pasayib kelgan dollar kursi sentabr oyidan yana o‘sa boshladi. Sentyabr oyi boshida kurs keskin qimmatlashgan, kurs bir haftada 176,83 so‘mga o‘sib, 1 dollar 8039 so‘mga yetgandi.
Mavzuga oid
15:16 / 24.11.2024
Farg‘onada noqonuniy valuta savdosi bilan shug‘ullanganlar ushlandi
09:52 / 21.11.2024
Toshkentda qalbaki 9 ming dollarni sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
21:03 / 19.11.2024
Rossiyada dollar yil boshidan beri birinchi marta 100 rubldan oshdi
21:21 / 14.11.2024