Inha Universitetiga kirish imtihonlari uch marta o‘tkaziladi
Toshkent shahridagi Inha Universitetida ikki katta tadbir bo‘lib o‘tdi. Bo‘lg‘usi abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun "Ochiq eshiklar kuni" hamda "2019-2020 o‘quv yilida o‘qishga kirishning yangi shartlari" mavzuidagi press-brifing bo‘lib o‘tdi.
Universitet matbuot xizmatidan xabar berilishicha, press-brifing doirasida IUT rahbariyati bu yo‘nalishlarda amalga oshirilgan ishlar, joriy vaziyat va kelgusi rejalar, jumladan 2019-2020 yillarga rejalashtirilgan o‘zgarishlar: hujjatlarni qabul qilish, shartnoma va grant asosidagi kirish imtihonlarining yangi shartlari, xorijiy talabalar uchun imtiyozlar, yangi grantlar va yo‘nalishlar haqida batafsil so‘z yuritildi.

Inha Universiteti rektori v.b. Muzaffar Jalolov, o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektor, doktor Cho Vu Sug va bosh menejer Hilola Umarova kirish imtihonlari bilan bog‘liq o‘zgarishlar haqida batafsil ma’lumot berishdi.
Bu yil Toshkent shahridagi Inha Universitetiga kirish imtihonlari uch marta o‘tkaziladi, bu esa IUT talabasi bo‘lish imkonini oshiradi, zero birinchi martada o‘qishga kira olmagan abituriyent yana ikki imkoniyatga ega bo‘ladi.
Birinchi kirish imtihonini muvaffaqiyatli topshirib, shartnoma umumiy summasining muayyan miqdorini to‘lagan abituriyentlar imtihonlarning ikkinchi kuni grant asosida o‘z bilimlarini sinab ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.
Registratsiya va kirish imtihonlari davrida qandaydir sabablarga ko‘ra IELTS yoki TOEFL sertifikati bo‘lmagan abituriyentlar imtihonga kiritiladi, faqat universitet saytida https://inha.uz ko‘rsatilgan muddatning tugaguncha mazkur hujjatlarni topshirish sharti bilan.
Shuningdek xorijiy talabalar uchun imtiyozlarga katta e’tibor qaratildi. 2019-2020 o‘quv yilidan boshlab boshqa mamlakatlardan kelgan talabalar uchun kirish imtihonlari faqat suhbat shaklida bo‘ladi, shartnoma summasi esa kamaytiriladi.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Suriyada Trampning sanksiyalarni bekor qilish haqidagi so‘zlari olqishlandi
Jahon | 12:27
-
Putin borsa, Tramp ham boradi: Istanbulda uchrashuv sodir bo‘ladimi?
Jahon | 12:26
-
Peskov: Rossiya delegatsiyasi muzokaralar uchun 15 may kuni Istanbulga boradi
Jahon | 12:23
-
Emmanuel Makron: Parij Ukraina armiyasini kuchaytirishda davom etadi
Jahon | 12:15
Mavzuga oid

11:48 / 02.05.2025
O‘zbekistonda Fransiya universitetini ochish rejalashtirilmoqda

15:26 / 29.04.2025
“Yangi O‘zbekiston” universiteti faoliyati takomillashtiriladi

18:55 / 27.04.2025
“24 yoshgacha hayotimni kattalar boshqargan” – Bristol universiteti magistranti Orzugul G‘oyibova hikoyasi

20:19 / 16.04.2025