13 iyun kuni Kun.uz'da «Nişon şifoxonasidagi manzara: aslida nima bölgandi?» sarlavhasi bilan xabar e'lon qilingandi. Unda Nişon tumani markaziy şifoxonasining tuğruqqaça bölgan davolaniş bölimida ayollar koridorda yotgani, bitta palataga 8-9 nafardan ayol joylaştirilgani yozilgandi.

Soğliqni saqlaş vazirligi bu borada rasmiy ma'lumot berdi. Vazirlikning Kun.uz'ga taqdim etgan bayonotida aytilişiça, Nişon tumani markaziy şifoxonasining xomiladorlar patologiyasi va ginekologiya bölimlarida yölakda yotib davolanayotgan bemorlar aniqlanmagan. Bemorlar örinlariga joylaşuviga qadar özlari va qarindoşlari yerga joy töşab yotib olişgan.
Bayonotda Nişon tuman kasalxonasining tuğruq majmuasida zamonaviy şaroitlar yaratilgani alohida ta'kidlangan.
«Bunday jiddiy kamçilikka yöl qöygani, öz işiga sovuqqonlik bilan qaragani va bölimda nazoratni susaytirgani uçun tuman tibbiyot birlaşmasi boşliğining onalik va bolalikni muhofaza qiliş böyiça örinbosari M.Halilova, tuğruq majmuasi mudiri vazifasini vaqtinça bajaruvçi N.Sazanbayevalar vazifasidan ozod etildi.
Homiladorlar patologiyasi bölimi vraçi B.Esanovaga esa intizomiy jazo qöllanilib, örtaça iş haqining 30 foizi miqdorida jarimaga tortildi.
Şifoxonada qat'iy nazorat örnatmagani, bunday muammolarning oldini oliş böyiça öz vaqtida zarur çora körmagani uçun tuman tibbiyot birlaşmasi boşliği Yo.Şonazarov ogohlantirildi»,- deyiladi Soğliqni saqlaş vazirligi Kun.uz'ga ma'lum qilgan bayonotida.















