Özbekiston prezidentining 2019/2020 öquv yilida Özbekiston Respublikasining oliy ta'lim muassasalariga öqişga qabul qilişning davlat buyurtmasi parametrlari töğrisidagi qarori tasdiqlandi.
Qarorga asosan, Oliy ta'lim muassasalariga 2019/2020 öquv yilidan boşlab vazirlik, idora va yirik xöjalik birlaşmalarining (iş beruvçilar) ehtiyojlaridan kelib çiqib, kunduzgi ta'lim şaklining bakalavriat ta'lim yönalişlariga mos bölgan yönalişlar doirasida tabaqalaştirilgan tölov-kontrakt asosida sirtqi va keçki ta'lim şaklida öqitişni taşkil etiş huquqi berildi.
Bunda, öqişga qabul qiliş tegişli iş beruvçilarning tavsiyasi asosida kamida beş yil iş stajiga ega bölgan xodimlar hisobidan keyinçalik uşbu tizimda beş yil işlab beriş şarti bilan iş faoliyatiga mos bölgan bakalavriat ta'lim yönalişlariga suhbat natijalariga asosan amalga oşiriladi.
Hujjatga köra, 2019/2020 öquv yilidan boşlab tabaqalaştirilgan tölov-kontrakt miqdori oliy ta'lim muassasasining salohiyati va hududiy joylaşuvi, şuningdek abituriyentlarning oliy ta'limga bölgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda tabaqalaştirilgan tölov-kontrakt qiymatining Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan minimal baravaridan kam bölmagan miqdorda oliy ta'lim muassasalari tomonidan mustaqil belgilanadi.
Bunda, tabaqalaştirilgan tölov-kontrakt böyiça qabul kiriş sinovlari natijasiga köra oliy ta'lim muassasalariga davlat buyurtmasi parametrlari doirasida öqişga tavsiya etilmagan abituriyentlarning arizalariga muvofiq ularning töplagan ballari qat'iy ketma-ketligiga rioya etgan holda amalga oşiriladi.

















