Bugun, 9 mart kuni Vazirlar Mahkamasida Boş vazir Abdulla Aripov raisligida köça va aholi punktlarini nomlaş, peşlavhalar, reklama va e'lonlarning davlat tilida berilişi singari masalalar muhokamasiga bağişlangan videoselektor yiğilişi bölib ötdi.

«Hurmatli hokimlar, endi şu joylarda yaşaydigan odamlar, masalan, yoşlar örniga özingizni qöyib köring. Sizdan qişloğingiz yoki köçangiz haqida sörab qolsa, qanday javob bergan bölardingiz?

«Çörindi» mahallasining «Sirli tabassum» köçasidanman, «Çivintepa» qişloğining «Alam» köçasidanman deysizmi?

Tilimizda bir-biridan çiroyli, ma'nolari keng sözlar köpku?! Qolaversa, har bir mahallaning tarixi, iqlimini aks ettiradigan nom qöyiş mumkin edi-ku?! Oğizga kelgan gapni vaysagandek, bölar-bölmas nomlar qöygandan köra.

Nahotki, uşbu mahallalarning şulardan boşqa maqtanadigan, köz-köz qilişga arziydigan jihati bölmasa. Borligi şubhasiz! Buni öşa joy aholisidan sörasangiz qatorlaştirib aytib beradi», deya boş vazirning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Şuningdek, hukumat rahbari joylarni nomlaş nozik masala ekani, bunga jiddiy e'tibor qaratiş lozimligini qayd etgan, hokimlarni bu sohada qonun hujjatlariga qat'iy rioya qilişga çaqirgan.

«Gap mahalliy hokimliklar, hududiy komissiyalarning «yetadi, endi bu nomni özgartiramiz» deb, amaliy harakatni boşlaşida qolgan.

Joylarni nomlaş nozik masala. Bunga jiddiy e'tibor qaratişimiz lozim. Bu sohada qonun hujjatlariga qat'iy rioya qilinişi şart. Mahalliyçilik, oşna-oğaynigarçilik, xizmat martabasini suiiste'mol qilişga yöl qöymaslik şart va zarur.

Odamlarning ismlari bilan, şuningdek tarixiy voqealar şarafiga nomlaş va qayta nomlaş sohasida belgilangan çeklovlarga rioya qilinişini ta'minlaşimiz lozim böladi», deya ta'kidlagan boş vazir.

Eslatib ötamiz, prezident Şavkat Mirziyoyevning «Özbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oşiriş çora-tadbirlari töğrisida» 2019 yilning 21 oktyabrdagi qaroriga muvofiq joylarda davlat tilida iş yuritiş uçun alohida maslahatçi lavozimi joriy etilgan edi.