Orzu va röyo orasidagi loyiha: Ilon Mask qanday qilib dunyoni sifatli internet bilan ta'minlamoqçi?
|15:18 / 30.04.202045 28910 min
Yaqinda dunyo aholisi osmonda tizilgan yulduzlar qatoriga yana guvoh böldi. Bu ğaroyib hodisa Özbekiston osmonida ham körindi. Ha, Ilon Mask osmonga olib çiqqan sun'iy yöldoşlar Yerga juda yaqin joylaşgani uçun ularning «sayrga çiqqani» butun dunyoda körinmoqda. Xöş, bu qator bölib yuradigan «yulduzlar»ni zamonamizning yetuk injyeneri nega koinotga olib çiqdi?
Har zamonda tizilib yurganini osmonda körayotganingiz - Ilon Maskning Starlink dasturini amalga oşiriş uçun olib çiqilgan sun'iy yöldoşlardir. Ularni Falcon 9 raketa-taşuvçisi 7 marta muvaffaqiyatli parvozni amalga oşirib, turli balandlikda joylaştirib çiqdi.
Dengiz sathidan 212-550 km balandlikda joylaşgan Starlink sun'iy yöldoşlari odatdagi sun'iy yöldoşlardan ança past joylaşgani sabab ularni tez-tez köriş mumkin. Qiziği, ular 386 km balandlikkaça raketada olib çiqiladi va 550 km balandlikka sun'iy yöldoşlar mustaqil tarzda çiqadi. Qanday deysizmi? Ularga örnatilgan quyoş batareyalari yordamida. Har bir sun'iy yöldoşning oğirligi 260 kg atrofida.
Starlink loyihasi doirasida orbitaga 12 mingdan 30 mingtagaça sun'iy yöldoş olib çiqiş möljallangan. Ular uç qavat bölib Yerni örab oladi va şu tariqa butun dunyoga sifatli internet yetkazib berişni ta'minlaydigan provayder uçun «sun'iy yöldoşlar armiyasi» paydo böladi.
Bir kompaniya orbitaga 12-30 ming dona sun'iy yöldoş olib çiqişni reja qilgani va allaqaçon ularning 420 donasini joylaştirib bölgani qançalik jiddiy körsatkiç ekani haqida ikki oğiz. Union of Concerned Scientiss xalqaro ilmiy-tekşiriş taşkiloti ma'lumotlariga köra, hozirda orbitada turli davlatlar va internet provayderlarga tegişli 2 mingta atrofida sun'iy yöldoş bor.
Ya'ni, Ilon Mask Starlink loyihasini amalga oşiriş uçun orbitaga hozirda mavjud bölgan sun'iy yöldoşlar sonidan kamida 6 baravar köproq Starlink sun'iy yöldoşini olib çiqişni maqsad qilgan. Hozirgaça olib çiqilgan 420ta sun'iy yöldoş ham osmondagilarning 20 foizi degani.
2019 yil 31 mart holatiga köra, orbitada 2 062ta sun'iy yöldoş aniqlangan. Ulardan 901tasi AQŞga, 299tasi Xitoyga, 153tasi Rossiyaga, yana 709tasi esa qolgan barça davlatlarga tegişli. Körib turganingizdek, hozir Ilon Maskning özida butun boşli Rossiya va Xitoynikidan köproq sun'iy yöldoş bor. 2018 yil 22 fevraldan boşlangan Starlink sun'iy yöldoşlarini olib çiqiş işlari 7 mayda davom ettiriladi. Bu gal ham doimgidek 60ta Starlink orbitaga olib çiqiladi.
Foto: EPA
Mavzuga oid
Starlink mavjud internet xizmatlarini sindira oladimi?
Starlink qanday loyiha degan savolni köpçilik berayotgani aniq. Bu Yer yuzining barça nuqtasiga sifatli internet yetkazib beriş böyiça katta loyiha. Uning dastlabki qiymati 10-12 milliard dollarga baholangan. Ba'zi manbalarda esa loyihaning 40 milliard dollarga teng ekani aytilgan.
Hozir dunyoda ikki xil internetdan keng foydalaniladi: kabelli va mobil internet. Kabelli internet asosan şaharlarda işlaydi. Mobil internet qamrovi esa biroz kengroq, ammo u ham şahardan uzoq joylarda köngildagidek işlamaydi. Siz qişloqlarda yaşasangiz va internet tezligi yomon bölsa, ajablanmang, bu muammo dunyoning hamma yerida topiladi.
Starlink dunyoning yarmi şaharlardan taşqarida yaşaşini inobatga olib, sayyoraga teng taqsimlanadigan sifatli internet provayder yaratişni maqsad qilgan. Provayderlar osmonda bölgani uçun siz toğda ham, olis qişloqlarda ham, dengizda ham – xullas Starlink sun'iy yöldoşlari körinadigan har qanday yerda sifatli internetdan foydalanişingiz mumkin böladi.
Ammo Starlink taklif etayotgan internet mobil va kabelli internetni sindirişi qiyin böladi. Çunki uning narxi arzon bölmaydi. Har biri falon million dollarga tuşadigan sun'iy yöldoşlarning minglab nusxasini osmonga joylaştiriş, ularni uçiriş uçun xarajatlar, bu uçun jalb qilingan investorlarning uluşi – hammasi Starlink provayderi taklif etayotgan ultrazamonaviy internet narxiga qöşiladi.
Starlink internetini töğridan-töğri telefon orqali qabul qila olmaysiz. Bu uçun öziga xos terminallarni sotib olişingiz kerak böladi. Bunday uskunalar 100-300 dollar atrofida turişi taxmin qilindi. Starlink interneti uçun bir oylik örtaça tölov esa 50 dollar bölişi aytilgan. Masalan, Özbekiston şaroiti uçun bu juda qimmat. Avval terminal sotib ol, u orqali internetni tarqat va keyin gadjetlar yordamida ularni tut... Xullas, juda murakkab jarayon. Odamlarni bunday köp bosqiçli internetga örgatiş qiyin böladi. Ayniqsa şaharlarda şundoğam nolib bölmaydigan darajada internet işlayotgan bir vaqtda.
Ammo bu internet kemalar, yaxtalar, samolyotlar uçun qulay bölişi mumkin. Bilasiz, samolyotlar va kemalar aynan kosmik internetdan foydalanib harakatlanadi. Bunday internet provayderlar allaqaçon mavjud va Starlink`ning dastlabki raqobatçilari sifatida aynan ularni keltiriş mumkin. Odamlarning uyigaça kirib boriş uçun esa Mask raketalarni uçirişdan taşqari yana köp mehnat qilişi kerak.
Bu böladigan işmi?
Foto: AP Photo/Jae C. Hong
Starlink loyihasi haqida 2015 yilda e'lon qilingandi. Öşanda bu aql bovar qilmas loyiha ekani aytilgan, vaqt ötgan sari unga işonmay boşlaşdi. Ammo 2018 yil ilk parvoz amalga oşirilib, sinov muvaffaqiyatli çiqqaç, barçaning köz öngida öşa aql bovar qilmas loyiha amalga oşa boşladi.
Starlink taqdiriga şubha bilan qaraganlar Ilon Maskning oldin ham bir neçta loyihasi orzuligiça qolib ketganini eslatişadi. Masalan, katta şaharlarda maşinalar harakatlanişi uçun maxsus tunnellar loyihasi. U köpçilikning e'tiborini tortganiga qaramay, loyihaligiça qolib ketdi. Yoki bölmasa hamon orzuligiça qolayotgan Marsga uçiş rejasi. Şu bois, Starlink’ni ham xuddi oldingi amalga oşmagan rejalar kabi piar uçun qilinayotgan iş deb hisoblay boşlaşdi.
Dunyoda internet foydalanuvçilari qança?
Dunyoning eng katta boylari bejiz internet bozoriga özini urmayapti. Ular zamonaviy dunyoda eng katta pul aynan şu sohada aylanişini tuşunib yetişgan. Dunyoning eng maşhur boylari ham bevosita internet biznesi bilan boğliq ekani ham bejiz emas. Bill Geyts, Mark Tsukerberg, Jyeff Bezos, Jek Ma kabi maşhur milliarderlar nomi bevosita internet bilan boğliq.
Pul qayerda köp böladi? Talab katta bölgan yerda. Internet esa talab heç qaçon pasaymaydigan işonçli sohaga aylandi. Internetsiz dunyo kamida hozirgidek bölmaydi. Injyenerdan çiqqan, «Tesla» avtokarlarini sotib milliarderga aylangan Ilon Mask ham şu sabab internet biznesiga kirişga qaror qildi. Mayda-çuyda qilmadi-da, biratöla butun dunyoni sifatli internet bilan ta'minlaşni va'da qildi-qöydi.
Bugun dunyoda 4,39 milliard internet foydalanuvçisi röyxatga olingan. Bu juda katta auditoriya ekanini tasavvur qiliş qiyin emas. Bu katta bozorga kirganlar esa öz salohiyati darajasida faoliyat olib borsa, kasod bölmaydi. Masalan, Özbekistonda 15 milliondan köproq odam internetdan foydalanadi.
Loyiha qançalik işonçli?
Biz foydalanayotgan internet texnologiyalari Yerda joylaşgan va tabiiyki ularda nosozlik paydo bölsa, tuzatib turadigan doimiy xodimlar işlaydi. Agar Starlink’da nosozlik paydo bölsaçi? Kimdir orbitaga çiqib tuzatib tuşadimi yoki koinotda doimiy usta uçib yuradimi? Sun'iy yöldoşlar 10-12 yilda işdan çiqişini inobatga olsak, ularni almaştiriş ham milliardlab dollar xarajat talab qiladi.
Kosmik çiqindi köpaymaydimi?
Har bir odam qaçondir nimadadir ayblangan. Heç bölmasa yoşligida şirinlikni köproq yeb qöyganlikda. Mansabdor odam esa kattaroq narsalarda ayblanişi mumkin. Masalan, vakolatini suiiste'mol qilişda. Ilon Maskni esa naq Ozon qatlamining yemirilişida ayblaşgandi. Katta odamlarga qöyiladigan ayblovlar ham katta böladi.
Unga yana bir samoviy aybni qöyişmoqda: kosmosni ifloslantirişda. Starlink kosmosga bu qadar köp sun'iy yöldoş çiqargandan keyin ulardan ajraladigan çiqindi ham köp böladi. Ammo Starlink vakillari sun'iy yöldoşlar orbitaga çiqindi çiqarmasligiga işontirişmoqda. Emişki, ular muddati tugagaç, quyoş nurida eritib yuboriladi.
Maxsus xizmatlar ma'lumotlardan foydalanişi mumkinmi?
2018 yil dekabrda AQŞ harbiy-havo kuçlari hamda Space X örtasida kelişuv imzolangan. Qiymati 28 million dollar deb baholangan bu kelişuvga köra, tomonlar Starlink sun'iy yöldoşlaridan harbiy maqsadlarda foydalaniş imkoniyatlarini muhokama qilişadi. Tabiiyki tafsilotlar aniq emas. Ilon Maskning sun'iy yöldoşlari AQŞ maxsus xizmatlari manfaatlari uçun işlaşi haqida gaplar tarqaldi.
Ya'ni, AQŞ maxsus xizmatlari Starlink internetidan foydalanuvçilarning ma'lumotlarini «közdan keçiriş» imkoniga ega böladi. Biroq bu gapga ham işoniş qiyin. Çunki MRBning maşhur agenti Eduard Snoudenning sözlariga işonadigan bölsak, Hollivud filmlarida dunyoni qutqaradigan AQŞ maxsus kuçlarida hozirgi global tarmoq nazoratida ham özlarini «suvdagi baliqdek» his qilişadi.
Ilon Mask nega bu işga qöl urayotganini yagona sabab bilan izohlaş mumkin: pul! Bu loyiha zamonamizning yetuk fizigiga yiliga 35-40 milliard dollargaça foyda keltirişi mumkinligi aytilmoqda. Boşlanişiga xarajatlarga çidasa, yiliga 40 milliard dollar «qorinni oğritmaydi», töğrimi?