Uzcard brendi ostida faoliyat olib boruvçi «Yagona umumrespublika protsessing markazi» mas'uliyati çeklangan jamiyati (MÇJ) ta'sisçilari tarkibi yangilandi. Bu özgariş haqida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi tadbirkorlik subektlari haqidagi ma'lumotlar bölimida ma'lumot berilgan. 

Korxona va taşkilotlarning yagona davlat registrida MÇJning 75 foiz uluşiga egalik qiliş huquqi jismoniy şaxs Mahmudov Ahror Abroroviçdan boşqa jismoniy şaxs – Tursunov Oybek Batiroviç tasarrufiga ötgani körsatilgan.

Uzcard’ning qolgan 25 foizi uluşi «Yagona umumrespublika protsessing markazi» MÇJning öziga tegişli hisoblanadi.