Kun.uz amaldor sifatidagi faoliyati, özbek futbolida 2020 yil yakunlari va boşqa mavzulardagi fikrlari bilan tanişiş uçun Ravşan Ermatovni suhbatga taklif etdi.
— Hakamlikdan ketib, rahbar sifatida iş boşlaganingizga ham bir neça yil bölib qoldi, ma'lum darajada tajriba orttirdingiz. Rahbarlik faoliyatingizdan şaxsan özingiz qoniqyapsizmi?
— Men jahon çempionatlarida hakamlik qilgan, yuqori baholarga loyiq körilgan, FIFA maqtovlarini eşitib turgan paytlarimda ham doim özimdan qoniqmasdim. Har bir öyinni soatlab tahlil qilib çiqardim va özimdan heç qaçon yuz foiz qoniqmaganman.
Hozir özimni siz aytgandek tajribali rahbar deb hisoblamayman. Örganadiganlarim juda köp. Sportçi bölganim uçun qaysidir tomondan oson tuyulayotgan joylari ham bor, lekin oçiğini aytsam, hali öz işimdan qoniqayotganim yöq. Sportga ozgina bölsa ham foydamiz tegayotganini his qiliş uçun harakat qilamiz.
— Sportçilikdan ketib, amal kursisiga bekor ötirgan ekanman, deya afsuslangan paytlaringiz böldimi?
— Töğrisini aytsam, özi heç qaçon oson bölmagan. Hakamlikda ham, öşa jahon çempionatlariga borganimizda, bizga tayyor yöl-yöriq körsatadigan heç kim bölmagan. Har kungi mehnatimiz, tahlil qilişimiz, hakamlik ilmini örganganimiz natijalarga olib kelgan.
Hozir qilayotgan işimiz ham oson emas: boringizni berib işlaşni talab qiladi – biz bunga tayyormiz, mehnatdan heç qaçon qoçmaganmiz. Xudo xohlasa, bu işlarimiz ham vaqt-soati kelib öz natijasini beradi.
— Totalizatorlarga ruxsat berilayotgani masalasi. Buning ijtimoiy tomonlari haqida qanday fikrdasiz?
— Biz FIFA, OFK ekspertlari bilan futboldagi har bir yönaliş böyiça maslahatlaşganmiz. Bizda eng orqada qolib ketayotgan yönalişlardan biri – bu marketing. Ular bizning marketing tizimimizni örganganlarida, juda salbiy fikrlar bildirişdi. «Jahonda futbol özini özi ta'minlaş tizimiga ötib böldi, sizlar hali birinçi qadamni ham taşlamagansizlar», deb özlarining maslahatlarini berişdi.
Biz xalqaro tajribani ham örgandik. APLning deyarli 8 klubi asosiy homiyi – bukmekerlik kompaniyalari. Rossiya va Ispaniyada ham deyarli şunday. Bu futbolga juda katta mablağ keltiradi va bu pulni sizlar infratuzilmani rivojlantirişga sarflaşinglar mumkin, deb maslahat berişdi FIFA va OFKdagi marketologlar.













