Özbekiston Boş vazir örinbosari – Investitsiyalar va taşqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov eksport jarayonida mablağlar tuşumining öz vaqtida bajarilişi böyiça nazorat tizimi yaratilayotganini ma'lum qildi. Şu orqali eksport-importdagi şubhali şartnomalar masalasiga yeçim topilişi kutilmoqda, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Vazir sözlariga köra, mazkur tizim birinçi navbatda tölov intizomini ta'minlaşda tadbirkorlar uçun muhim ahamiyatga ega.
«Eksportga yuborilgan mahsulotning, tovarlarimizning tölovi, tegişli hisob raqamga tuşişi kerak bölgan mablağning har bir dollari, har bir sentigaça undirib oliş işlari bajariladi. Buni takomillaştiriş böyiça vazirligimiz boşqa vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda maxsus çora-tadbirlarni işlab çiqdi. Respublika miqyosida alohida işçi guruh şakllantirilgan. Men bu guruhga rahbarlik qilaman, Soliq qömitasi raisi muovinim böladi. Birgalikda yangi tizim yaratamiz. Biz eksport holatlaridagi tölov intizomini qat'iy ta'minlaymiz.
Misol tariqasida, bizning mahsulotimizga pulni bir marta vaqtida tölamagan xorijdagi importyor bölsa, uni özimizdagi «qora röyxat»ga kiritamiz. Keyingi holatda Özbekistondagi qaysi eksportçi mahsulotini öşa importçiga yuboradigan bölsa, tölovni faqatgina oldindan qabul qilgan holda, eksportni amalga oşiradi. Çunki bir marta bizga pand berib muammoga duç kelişimizga sabab böldimi, ma'lum muddatga mana şunday çora körişga majbur bölamiz», – dedi vazir 12 yanvar kuni OAV vakillari uçun ötkazilgan matbuot anjumanida.

2020 yil 9 oy yakuniga köra, qovun eksportida Jizzax viloyati 7,6 ming tonna va tarvuz eksportida Qaşqadaryo viloyati 7,2 ming tonna körsatkiç bilan hududlar orasida yetakçilik qilgan. Qovun-tarvuz eksporti böyiça asosiy yönaliş uzoq yillardan beri Qozoğiston, söngra Rossiya davlati bölgan.
Qişloq xöjaligi vazirligi ma'lumotiga köra, Özbekiston ötgan yil 10 oyi yakuni böyiça, 52 ming tonna qovun eksport qilgan. Yetiştirilgan qovun mahsuloti eksporti böyiça Qozoğiston 19,1 ming tonna körsatkiç bilan yetakçilik qilgan. Şuningdek, Qirğizistonga 16,9 ming tonna, Rossiya Federatsiyasiga 6,1 ming tonna qovun eksport qilingan
















