Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqanddagi chorrahalardan birida oltita mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi
Samarqand shahridagi chorrahalardan birida oltita mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Samarqand shahridagi Mirzo Ulug‘bek va Mahmud Qoshg‘ariy ko‘chalari kesishgan chorrahada mashinalardan birining yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol tarzda buzishi oqibatida oltita mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan.
Qayd etilishicha, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasidan kelayotgan Lasetti mashinasi Mahmud Qoshg‘ariy ko‘chasidan chorrahaga chiqib kelgan Neksiya-2 bilan to‘qnashib, ko‘chaning qarama qarshi tomoniga o‘tib ketgan va yana bir qancha mashinaga borib urilgan. Guvohlarning aytishicha, yo‘l transporti hodisasida yengil shikastlangan Orlando va Captiva mashinalarining haydovchilari garchi sodir bo‘lgan hodisada jabrlanuvchi bo‘lishsa-da, negadir voqea joyidan ketib qolishgan. YHXB xodimlari yetib kelganda hodisa joyida to‘rtta mashina bo‘lgan.

Qarama-qarshi tomonda bo‘lgan va Lasetti borib urgan mashinalardan biri – Neksiya mashinasi ham yengil shikastlangan. Hodisaning asosiy ishtirokchilari Neksiya-2 va Lasetti hamda qarama-qarshi tomonda bo‘lgan Kobalt mashinalari jiddiy shikastlangan. Hodisa oqibatida hech kim jiddiy jabrlanmagan.

Hozirda voqea joyida YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
12:12
Toshkentda avtobus haydovchisi o‘z ehtiyotsizligi oqibatida halok bo‘ldi
14:23 / 20.12.2025
Qoraqalpog‘istonda ikki mashina to‘qnashuvi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi
12:10 / 20.12.2025
Yashnobodda Lacetti qarama-qarshi yo‘lakka chiqib ketib Nexia-3 bilan to‘qnashdi, yo‘lovchi vafot etdi
09:14 / 19.12.2025