«Poytaxtda muhojir ishchilar taqchilligi yuzaga kelgan. Hozirda bu borada tegishli tashkilotlar bilan ishlayapmiz va boshqa mamlakat fuqarolari orasidan ishchilarni saralab olish rejalashtirilgan. Hozircha Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolari orasida. Ular qurilish ishlariga jalb qilinadi», degan Gorovoy.

Rossiya IIV vaziri mulozimining aytishicha, ishchilar qurilish davomida qayerda yashashi nazorat qilinadi va ular koronavirus yuqtirmasligi uchun maxsus talab asosida yashaydi. Biroq ishchilar ayni damda Rossiyada bo‘lib turgan o‘zbekistonlik va tojikistonliklar orasidan tanlab olinadimi yoki ushbu mamlakatlarga so‘rov yuboriladimi – aniq aytilmagan.