Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Informatika o‘qituvchilari uchun sertifikatlash milliy tizimi joriy etiladi

Foto: UzA
Vazirlar Mahkamasining “Informatika va axborot texnologiyalari fani” o‘qituvchilarining raqamli texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmalarini aniqlash bo‘yicha sertifikatlash milliy tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Qaror loyihasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan ishlab chiqilgan.
Mazkur qaror loyihasida umumta'lim maktablarining “Informatika va axborot texnologiyalari fani” o‘qituvchilarining raqamli texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmalarini aniqlash va sertifikat berish tartibi belgilanmoqda.
Loyiha ilovasi bilan o‘qituvchilarning raqamli texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmalarini egallash darajasi bo‘yicha sertifikat 3 yil muddatga berilishi va sertifikatga ega bo‘lgan ixtisoslashtirilgan maktablarning “Informatika va axborot texnologiyalari fani” o‘qituvchilariga bazaviy tarif stavkasi bo‘yicha foiz miqdorida har oylik ustama joriy etilishi nazarda tutilmoqda.
Unda, birinchi bosqich natijasi bo‘yicha eng yuqori ballning kamida 70 foizini to‘plagan o‘qituvchilarni ikkinchi bosqichga tavsiya etish va ikkinchi bosqich natijalari bo‘yicha eng yuqori ballning:
- 40-49 foizini to‘plagan o‘qituvchilarga 10 foiz miqdorida;
- 50-59 foizini to‘plagan o‘qituvchilarga 20 foiz miqdorida;
- 60-69 foizini to‘plagan o‘qituvchilarga 30 foiz miqdorida;
- 70-79 foizini to‘plagan o‘qituvchilarga 40 foiz miqdorida;
- 80-100 foizini to‘plagan o‘qituvchilarga 50 foiz miqdorida ustama joriy etish nazarda tutilgan.
Shuningdek, o‘qituvchilarning raqamli texnologiyalardan foydalanish (nazariy va amaliy) ko‘nikmalarini aniqlash uchun topshiriqlar formati (fan mazmuni tarkibi, savollar soni, topshiriqlar turi, vaqt me'yori), baholash mezonlari Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan tavsiya etilgan professor-o‘qituvchilar tomonidan ishlab chiqilishi, Davlat test markazi tomonidan tasdiqlanishi va saytiga joylashtirilishi belgilangan.
Bildirilishicha, “Informatika va axborot texnologiyalari fani” o‘qituvchilarining raqamli ko‘nikmalarni egallash darajasini aniqlash bo‘yicha milliy tizim joriy etilib, nazariy va amaliy sinovlarni kompyuter (onlayn platforma)da o‘tkazish imkoniyati yaratiladi.
Raqamli texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmalarini aniqlash bo‘yicha o‘tkaziladigan nazariy va amaliy sinovlar uchun o‘qituvchidan ariza berilgan kundagi bazaviy hisoblash miqdorining bir yarim baravari miqdorida to‘lov undiriladi.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qozog‘iston ko‘chmas mulk bozori. Narxlar qanday?
Ko‘chmas mulk | 15:35
-
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33
-
Rossiya universitetlarining o‘zbekistonlik talabalar uchun kvotalari oshishi mumkin
O‘zbekiston | 15:25
-
Ukrainada korrupsiyaga qarshi xizmatlar mustaqilligi bekor qilinishi mumkin
Jahon | 15:09
Mavzuga oid

08:02 / 19.07.2025
Maktab bitiruvchilariga kasb-hunar ta’limi to‘g‘risida sertifikat beriladi

11:01 / 22.05.2025
Tibbiyot menejerligi bo‘yicha sertifikatga ega ayrim rahbarlarga ustamalar to‘lanadi

12:51 / 17.04.2025
«Yashil energiya» sertifikatlarini berish tartibi o‘zgartirildi

11:27 / 08.03.2025